Prezident qarorlari amalda ijro etildi

Prezident qarorlari amalda ijro etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909-sonli, 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3151-sonli, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3775-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida 2019-yil 12-martda institut rektorining “Institutga Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi moliya universiteti professorining tashrifini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 212-sonli buyrugʻi qabul qilinib, yuqorida nomlari keltirilgan qarorlarda oliy ta’lim muassasalaridagi oʻquv jarayoniga yetakchi xorijiy mutaxassislarni muntazam ravishda jalb etish vazifalarining ijrosi ta’minlandi.

Xususan, Toshkent moliya instituti hamda Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi moliya universiteti hamkorligi doirasida 2019-yilning 27-martidan 1-apreliga qadar Toshkent moliya institutida “Byudjet hisobi va gʻaznachilik ishi” kafedrasi tashabbusi bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati huzuridagi moliya universitetining “Jamoat moliyasi” Departamenti professori, i.f.d. Olga Vladilenovna Makashina ishtirokida “Byudjet hisobi” va “Gʻaznachilik” fanlari boʻyicha ma’ruzalarni “Mahorat darslari” sifatida tashkil etildi.

Ma’ruzalar davomida talabalar oʻzlarining savollariga toʻliq javob oldilar. Xorijlik mutaxassis i.f.d., professor O.V. Makashinaning “Byudjet hisobi” va “Gʻaznachilik” fanlari boʻyicha ma’ruzalari qiziqarli va mazmunli boʻlib oʻtdi.

 

15:37 / 2021-01-06
Success helper
Success warning