Xalqaro loyihalar tuzish va ishtirok etish bo‘yicha master-klass o‘tkazildi

  Xalqaro loyihalar tuzish va ishtirok etish bo‘yicha master-klass o‘tkazildi

 

“Menejment va marketing” kafedrasi ish grafigiga ko‘ra, 26-dekabr 2023-yil «Menejment va marketing» kafedrasi katta o‘qituvchisi Dilorom Yuldasheva tomonidan xalqaro loyihalar tuzish va ishtirok etish bo‘yicha master-klass o‘tkazildi.

 

Tadbir davomida ERASMUS + loyihasini yozish bo‘yicha bir qator kerakli ma’lumotlar berildi. Shu o‘rinda, loyihani yozish tartibi, loyihani amalga oshirishdagi moddiy yordam va loyihaning institutimiz kelajagi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida aytib o‘tildi. Kafedra a’zolaridan dotsent O.G‘aybulloev tomonidan loyihaga beriladigan dolzarb mavzu va Yevropa Ittifoqini qiziqtirishi mumkin bo‘lgan masalalar savol tarzida berildi. Javob tariqasida Yevropaning Markaziy Osiyoga, ayniqsa O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi ortgani hamda Yashil iqtisodiyot, ta’lim tizimi va gender tengligi kabi mavzular dolzarbligi ta’kidlandi. Xalqaro loyihalar katta va qiziqarli mavzu bo‘lganligi sabab barchada qiziqish uyg‘ondi va  yana loyihaning yozilish tartibi haqida tushuntirish ishlari olib borilishi taklifi berildi.

14:59 / 2023-12-27
Success helper
Success warning