“Iqtisodiyotni rivojlantirishda to‘lov tizimlari faoliyatini takomillashtirish” mavzusida master-klass tashkil etildi

“Iqtisodiyotni rivojlantirishda to‘lov tizimlari faoliyatini takomillashtirish” mavzusida master-klass tashkil etildi

 

Joriy yilning 27-dekabr kuni Iqtisodiyot fakulteti tasarrufidagi “Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar” kafedrasi ish grafigiga asosan moliyaviy texnologiyalar orqali to‘lov tizimi va tijorat banklarida qo‘llanilayotgan xavfsizlikni ta’minlash va yangi sohada bo‘layotgan yangiliklar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mutaxassisi Xushvaqt Azizov tomonidan “Iqtisodiyotni rivojlantirishda to‘lov tizimlari faoliyatini takomillashtirish” mavzusida master-klass tashkil etildi.

 

Soha mutaxassisi to‘lov tizimlari va banklarda moliyaviy texnologiyalarni qo‘llash, moliya bozorlarida faoliyatini tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va tizimdagi so‘nggi yangiliklar haqida ma’ruza qildi. Shuningdek,  kartadan kredit va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish jarayonlari va texnologiyalari yuzasidan tushuntirishlar berib o‘tdi.

 

Master-klass davomida X.Azizov professor-o‘qituvchilar tomonidan mavzuga oid berilgan savollarga batafsil javob berdi. Tadbir ishtirokchilari bu kabi master-klasslarning o‘tkazilishi juda ham samarali bo‘lishi va moliya va moliyaviy texnologiyalar sohasidagi nazariy bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni boyishiga xizmat qilishini ta’kidlashdi.

16:57 / 2023-12-27
Success helper
Success warning