Toshkent moliya instituti va ACCA oʻrtasida anglashinuv memorandum imzolandi

Toshkent moliya instituti va ACCA oʻrtasida anglashinuv memorandum imzolandi

Institutda oʻquv dasturlarini bosqichma-bosqich xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish yuzasidan buxgalteriya hisobi sohasidagi xalqaro tashkilotlar (Sertifikatlangan diplomli buxgalterlar xalqaro assotsiatsiyasi (Association of Chartered Certified Accountants — ACCA) va boshqalar) bilan oʻzaro hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, sohada kadrlar tayyorlashning zamonaviy usullarini bosqichma-bosqich joriy etish maqsadida joriy yilning 31-may kuni ACCAning Markaziy Osiyo va Yevrosiyo boʻyicha vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

 

 

 

Unda institut rektori T.Teshabayev, Oʻquv ishlari boʻyicha prorektori S.Mehmonov boshchiligida rahbar-xodimlar, shuningdek, ACCAning Markaziy Osiyo boʻyicha bosh koordinatori Janna Iskenova, Yevrosiyo boʻyicha bosh koordinatori Katka Beneshova hamda soha mutaxassislari ishtirok etishdi.

 


 

 

 

Uchrashuv davomida tomonlar institutda tayyorlanayotgan buxgalteriya hisobi va audit taʼlim yoʻnalishi oʻquv dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan oʻtkazish, moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari boʻyicha professional mutaxassislarni tayyorlash, buxgalteriya va audit sohasida ikki tashkilot oʻrtasida oʻzaro aloqalarni yanada rivojlantirish, institut professor-oʻqituvchi va talabalarining ACCA xalqaro sertifikatlarini olishini qoʻllab-quvvatlash kabi koʻplab muhim masalalar muhokama etildi.

 


 

Uchrashuv soʻngida Toshkent moliya instituti va ACCA oʻrtasida anglashinuv memorandum imzolandi.

 


 

 

 

Maʼlumot uchun, ACCA – moliya, hisob va audit sohalari mutaxassislarini birlashtiruvchi xalqaro professional tashkilot hisoblanadi.

11:22 / 2023-06-01
Success helper
Success warning