“Toshkent moliya instituti – korrupsiyadan holi oliy taʼlim muassasasi” loyihasini amalga oshirish yuzasidan institut professor-o’qituvchilari hamda murabbiylar bilan uchrashuv

“Toshkent moliya instituti – korrupsiyadan holi oliy taʼlim muassasasi” loyihasini amalga oshirish yuzasidan institut professor-o’qituvchilari hamda murabbiylar bilan uchrashuv

    Jamiyatimizda korrupsiya illatga qarshi tizimli ravishda kurashish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5729-sonli Farmoni qabul qilingani barchaga ma’lum.

   Mazkur Farmonda 2019-yil 1-avgustdan boshlab eksperiment tariqasida, jamoatchilik va yetakchi ekspertlarni, shu jumladan, xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda oliy taʼlim sohalarida Korrupsiyasiz soha loyihasini amalga oshirishni tashkil etish, 2020-yil 1-apreldan boshlab loyihani boshqa sohalarga ham bosqichma-bosqich joriy etish belgilab qoʻyildi.

   Oliy taʼlim tizimida faoliyat yuritayotgan xodimlarning oylik maoshlarini soʻnggi bir yil ichida 3 marotaba oshirish boʻyicha qarorlar qabul qilingani, ilmiy faoliyat bilan shugʻullanayotgan xodimlarni bosqichma-bosqich uy-joy bilan taʼminlanayotganligiga javoban xalqimizga sadoqat, fidoiylik, tashabbus koʻrsatib va halollik bilan xizmat qilish fursati allaqachon yetganligini Toshkent moliya institutida mehnat qilayotgan har bir rahbar-xodim va professor-oʻqituvchilarga tushuntirish maqsadida institut rahbar hodimlari va professor o’qituvchilar bilan sentabr oyi davomida bir necha bor yeg’ilishlar tashkil etildi.

    Mazkur tadbirlar davomida Toshkent moliya instituti jamoasining har bir aʼzosi – u rektor boʻladimi, prorektor, dekan, boʻlim boshligʻi, kafedra mudiri, professor-oʻqituvchi boʻladimi – institutda oʻquv, oʻquv-uslubiy, ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni zamon talablari darajasida tashkil qilish, yoshlarga yetarli sharoitlarni yaratib berish, ularning innovatsion gʻoyalari, ishlanmalari, startaplari va boshqa sohalardagi ulkan isteʼdodlarini yuzaga chiqarish hamda namoyon etishlari uchun barcha kuch va gʻayratlarini safarbar qilishga undaldi.

    Toshkent moliya institutini haqiqiy ilm, maʼrifat maskaniga aylantirish yoʻlida barcha hamkor tashkilotlar, jamoatchilik va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan birgalikda harakat qilib, bu yoʻlda talaba-yoshlarning, professor-oʻqituvchilarning, umuman olganda jamoaning har bir aʼzosi eng katta koʻmakchi boʻlishiga ishonch bildirildi.

 

 

 

18:40 / 2019-10-02
Success helper
Success warning