Toshkent moliya institutida taniqli rassom Ortiqali Qozoqovning ijodiy koʻrgazmasi va mahorat darsi tashkil qilindi

Toshkent moliya institutida taniqli rassom Ortiqali Qozoqovning ijodiy koʻrgazmasi va mahorat darsi tashkil qilindi

Joriy yilning 17-fevral kuni Toshkent moliya institutida talaba-yoshlar va xodimlarning ijodiy salohiyatini oshirish hamda kreativlilikni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, professor Ortiqali Qozoqovning ijodiy koʻrgazmasi va mahorat darsi tashkil qilindi.

 

 

 

 

 

 

Mazkur ijodiy uchrashuvda institut rektori T.Teshabayev, Oʻzbekiston Respublikasi sanʼat arbobi, rassom, professor O. Qozoqov, professor-oʻqituvchilar, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.

 

Uchrashuv avvalida el ardogʻidagi rassomning tarbiyaviy ahamiyatga ega boʻlgan yigirmadan ortiq asarlari institut foyesiga joylashtirilib, professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talaba-yoshlari uchun badiiy koʻrgazma namoyish qilindi.

 

 

 

Shuningdek, rassom tomonidan institutdagi barcha sanʼatga qiziquvchi yoshlar uchun uchrashuv va mahorat darsi ham tashkil etildi. Tadbirda soʻzga chiqqanlar ijodkorning asarlarida milliylik va umuminsoniy qadriyatlar ufurib turishini, rassomning tafakkur mahsuli boʻlgan har bir asaridan falsafa uchqunlari aks etishini, borliqqa insonning sof va samimiy tuygʻularidan jarang sochishini alohida taʼkidlab oʻtishdi.

 

 

 

 

 

 

O.Qozoqov ham oʻz navbatida talaba-yoshlar bilan dildan suhbatlashar ekan, qay sohada boʻlmasin, albatta, oʻz ishiga ijodkorlik, yaratuvchanlik bilan yondashish kerakligini, oʻzining teran his tuygʻulari va samimiyati, kreativligi bilan muvaffaqiyatga erishish yoʻlida odim ildamlashi mumkinligini aytib oʻtdi.

 

 

 

 

 

 

Samimiy muloqotda Ortiqali Qozoqov yigʻilganlarni oʻz ijodiy faoliyati bilan yaqindan tanishtirib, yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Ushbu mahorat darsi va ijodiy koʻrgazma talabalarda katta taassurot qoldirdi. Mahorat darsida davomida yosh isteʼdodli rassomlar tomonidan turli mavzulardagi rasmlar chizildi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Rassom Ortiqali Qozoqov tomonidan chizilgan rasm institutga sovgʻa qildi.

17:52 / 2023-02-17
Success helper
Success warning