Talabalarimiz erishayotgan yutuqlar

Talabalarimiz erishayotgan yutuqlar

Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vazirligi Toshkent moliya instituti “Bank ishi” fakulteti BI-50 guruh talabasi Yaxshiboyev Bahrom Jumaniyoz oʻgʻlining ARMRESTLING sport turi boʻyicha yuqori natijalarini hisobga olgan holda, 2022-yil 30-dekabrdagi 01/1304-A/F sonli buyrugʻi bilan ARMRESTLING boʻyicha sport ustasi guvohnomasi berildi.  

 

Yaxshiboyev Bahrom qator respublika, Osiyo va xalqaro musobaqalar g'olibi hisoblanadi. Talabamizning ushbu natijasi bilan institut rahbariyatini va “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi professor-oʻqituvchilarini tabriklaymiz!

 

Shuningdek, talabamiz jahon chempionatiga yo'llanmani qoʻlga kiritdi.  2023-yilning 20-25 may kunlari Jizzax shahrida kattalar oʻrtasidagi BELBOGʻLI kurash sport turi boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtdi. 

Quvonarlisi, institutimizning “Moliya” fakulteti MXVKM-70 guruh talabasi Abdunabiyeva Farangiz faxrli I oʻrinni egallab yurtimiz bayrogʻini yuqori koʻtardi va jahon chempionatiga yollanmani qoʻlga kiritdi.

 

 

 

Abdunabiyeva Farangizning ushbu natijasi bilan institut rahbariyati, Moliya fakulteti va “Jismoniy madaniyat va sport faoliyati” kafedrasi professor-oʻqituvchilarini tabriklaymiz! Talabamiz jahon chempionatida ham munosib qatnashib, faxrli oʻrinlarni egallashiga ishonamiz!

18:32 / 2023-05-30
Success helper
Success warning