“Raqobat sharoitida zamonaviy menejer kasbiga qo’yiladigan talablar” mavzusida mahorat darsi

“Raqobat sharoitida zamonaviy menejer kasbiga qo’yiladigan talablar” mavzusida mahorat darsi

2022-yil 26-dekabr kuni “Menejment va marketing” kafedrasida  tomonidan “Raqobat sharoitida zamonaviy menejer kasbiga qo’yiladigan talablar” mavzusida mahorat darsi tashkil etildi.

 

Unda “Texnopark” MChJ qator yetakchi-mutaxassislari, jumaladan, bosh  iqtisodchi Abdukarimov Abdurazzoq Abdumannonovich, bosh buxgalter o’rinbosari Abdiyeva Jamila Abdumalikovna, bosh iqtisodchi yordamchisi Mirzaraxmatov Alisher Mirzaabdullayevich, kadrlar bo’limi boshlig’i Qudratov Faxriddin Fatxullayevich hamda  kadrlarni tayyorlash masalalari bo’yicha mutaxassis Parpiyev Diyorjon Ravshan o’g’li, kafedra professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi.

 

 

 

Mutaxassislar tomonidan “Raqobat sharoitida zamonaviy menejer kasbiga qo’yiladigan talablar” mavzusida nutq so’zlanib, bugungi kunda zamonaviy rahbarlarga qo’yiladigan talablar, “Texnopark” MChJga xodimlarni ishga qabul qilish va ularni tanlash jarayonida amalga oshiriladigan bosqichlar hamda kelgusida “Menejment va marketing” kafedrasi va Texnopark MChJ bilan hamkomkorlik munosabatlarini yanada yaxshilash haqida fikr almashildi.

 

 

Professor-o’qituvchilar bilan master klass jonli muloqot ko’rinishida tashkil etilib, kafedra professor-o’qituvchilar tomonidan koʻpgina savollar berildi va tegishli javoblar olindi.

21:09 / 2022-12-26
Success helper
Success warning