Yunusobod tuman Davlat soliq inspektsiyasida sayyor dars

Yunusobod tuman Davlat soliq inspektsiyasida sayyor dars

     Qo‘shma amaliyot va sayyor darslarni o‘tkazish grafigiga muvofiq 2020-yil 14-yanvar kuni “Soliqlar va soliqqa tortish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 4-kurs, ST-40 guruhi talabalari uchun “Yuridik shaxslarni soliqqa tortish” fanidan katta o‘qituvchi O.Shodiev boshchiligida Toshkent shahar Yunusobod tuman Davlat soliq inspektsiyasida sayyor dars tashkil etildi.

 

     Mashg‘ulotni Yunusobod tuman DSI “Soliq solish bo‘yicha maslahat” shobasi boshlig‘i Niyazov Maxammadjon Akbarovich olib bordi. Mashg‘ulot mavzusi “Yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i”.

 

     Mazkur mavzu doirasida M.Niyazov talabalarga yer solig‘ining iqtisodiy mohiyati, byudjet daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyati, yer solig‘ining amal qilish mexanizmi hamda 2020-yil 1-yanvardan kuchga kirgan yangi tahrirdagi Soliq kodeksi asosida kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar xususida so‘zlab berdi. Bundan tashqari u mazkur soliqning to‘lovchilari, soliq solish obyektlarini hisobga olish hamda to‘langan soliq summalarini hisobini yuritishda DSIda foydalanilayotgan dasturiy mahsullar xususida ham to‘liq ma’lumotlar berib o‘tdi.

 

    Mashg‘ulot sermazmun va amaliy ruhda o‘tdi.

 

16:05 / 2020-01-16
Success helper
Success warning