“IT PARK” DA SAYYOR DARS

“IT PARK” DA SAYYOR DARS

 

Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim  yili munosabati bilan taʼlim sifatini oshirish maqsadida “Menejment va marketing”kafedrasi tomonidan fan, taʼlim va ishlab chiqarish integrasiyasini amalga oshirish va talabalarda nazariy bilimlari asosida amaliy kunikmalarga ega boʻlishlari maqsadida “Menejment, Marketing” hamda “Innovatsion menejment” fanlari doirasida Soliq va sugʻurta fakulteti SS-30 va SS-34 guruh talabalari bilan 2023-yil 1-mayda  Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari IT PARKida sayyor dars oʻtkazildi. 











IT park loyihalar menedjeri Jamoliddin Shayxov bilan kafedra oʻqituvchilaridan prof. G. Xamdamova va v.b.dos. N.Aliyevalar talabalarga texnologik park faoliyati hamda fan mavzulari doirasidagi istiqbolli startap-loyihalar haqida maʼlumotlar berdilar. Talabalar oʻz gʻoyalarini IT soha vakillari, buxgalter, yurist, marketologlar yordamida innovatsion biznes yarata olish imkoniyatlari bilan tanishdilar.

 

18:10 / 2023-05-02
Success helper
Success warning