“Havaskor gitara ishqibozlari” va “Havaskor pianino (elektr sintezator) ishqibozlari” tanlovi natijalari

“Havaskor gitara ishqibozlari” va “Havaskor pianino (elektr sintezator) ishqibozlari” tanlovi natijalari



Joriy yilning 11 may sanasida institut talaba-yoshlari o‘rtasida talabalarni ma’naviyatini yuksaltirish, estrada san’atiga bo‘lgan qiziqishlarini  oshirish, iste’dodlarini yuzaga chiqarish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Havaskor gitara ishqibozlari” va “Havaskor pianino (elektr sintezator) ishqibozlari” tanlovi o‘tkazildi.



























Tanlovni O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti dosenti Erkin Raximov va jo‘rnavozi Dilorom Mamadaliyeva hamda institut Talabalarni turar joy bilan ta’minlashni muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i Bobur Ochilovlardan iborat hakamlar hay’ati xolis baholab borishdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra talabalar quyidagi o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

1. “Havaskor gitara ishqibozlari” tanlovi bo‘yicha:

I-o‘rin – Xaydarov Elbek. “Buxgalteriya hisobi va audit” fakulteti 3-kurs talabasi;

II-o‘rin – Abdinabiyev Xolmurod. “Moliya” fakulteti 3-kurs talabasi;

III-o‘rin – Nosirov Jalolbek. “Soliqlar va sug‘urta” fakulteti talabasi.

2. “Havaskor pianino (elektr sintezator) ishqibozlari” tanlovi bo‘yicha:

I-o‘rin – G‘ayratov Qudrat. “Bank ishi” fakulteti 3-kurs talabasi;

II-o‘rin – Mahmudov Otabek. “Iqtisodiyot” fakulteti 1-kurs talabasi.

Go‘liblikni qo‘lga kiritgan talabalarga institut rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.






 

18:21 / 2023-05-11
Success helper
Success warning