Xorijiy malaka oshirish dasturida amaliy tashrif
Institutimiz vakillari “Chexiya Respublikasi bank tizimi” mavzusidagi oʻquv mashgʻuloti davomida Praga shahridagi Chexiya milliy bankiga tashrif buyurishdi.
Mazkur amaliy mashgʻulot davomida bank xodimlari tomonidan Chexiya Respublikasi bank tizimi tuzilishi, ish faoliyati hamda rivojlanish jarayoni haqida batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, tashrif davomida “Inflyatsion jarayonlarning bank tizimiga taʼsiri” mavzusidagi videorolik namoyishi oʻtkazildi.
Maʼlumot uchun, Chexiya milliy banki 1993-yil 1-yanvarda tashkil etilgan boʻlib bugungi kundagi daromadi 29,062 million Chexiya kronasini tashkil etadi. Chexiya milliy banki Chexiya banknotlari va tangalarining eksklyuziv emitenti hisoblanadi.