BMT Taraqqiyot Dasturi xalqaro eksperti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

BMT Taraqqiyot Dasturi xalqaro eksperti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2023-yil-24 may kuni BMT Taraqqiyot Dasturining “Sug‘urta va risklarni moliyalashtirish” loyihasi doirasida xalqaro ekspert Rom Aviv bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
 

Uchrashuvda mazkur loyiha rahbari O.G‘aybullaev, O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi ijrochi direktori K.Abduraximov, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “SEMURG INSURANCE” sug‘urta kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.



 

Tadbirda institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori A.Islamkulov institut va BMT Taraqqiyot Dasturi o‘rtasida samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligini ta’kidladi.




 

BMT Taraqqiyot Dasturining “Sug‘urta va risklarni moliyalashtirish” loyihasi rahbari O.G‘aybullaev mazkur loyihaning maqsad va vazifalari to‘g‘risida atroflicha ma’lumot berib o‘tdi.



  

Xalqaro ekspert Rom Aviv loyiha doirasida amalga oshirilgan qishloq xo‘jalik sug‘urtasini takomillashtirishga doir tadqiqot ishi natijalari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdi. O‘zbekistonda qishloq xo‘jalik sug‘urtasini rivojlantirishda davlatning rolini oshirish zururligi qayd etildi.




 

O‘zbekiston sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari uyushmasi ijrochi direktori K.Abduraximov, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, “SEMURG INSURANCE” sug‘urta kompaniyasi va institut vakillari, jumladan “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi mudiri X.Shennaev mamlakatimizda qishloq xo‘jaligini sug‘urtalash masalalari bo‘yicha taklif va tavsiyalarini bildirdi.
 

21:00 / 2023-05-24
Success helper
Success warning