Institutda kadrlar asosiy isteʼmolchilari vakillari ishtirokida o‘quv reja va dasturlar muhokamasi o‘tkazildi

Institutda kadrlar asosiy isteʼmolchilari vakillari ishtirokida o‘quv reja va dasturlar muhokamasi o‘tkazildi

Joriy yilning 13 iyun kuni Toshkent Moliya institutida ilk marotaba 2022/2023 o‘quv yilidan kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish rejalangan 60610200 - Axborot tizimlari va texnologiyalari (moliya-bank tizimida) taʼlim yo‘nalishi va mutaxassisligi bo‘yicha yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari tajribasi asosida shakllantirilgan o‘quv reja va dasturlari kadrlar asosiy isteʼmolchilari vakillari ishtirokida atroflicha muhokamadan o‘tkazildi.

 

 

 

Muhokamada institut prorektori,  o‘quv-uslubiy boshqarma masʼul xodimlari, institut rektori maslahatchisi Sirelchuk I.N., “Ipak yo‘li” ATB banki “Axborot texnologiyalari” boshqarmasi masʼul mutaxassislari, “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi masʼul professor-o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

 

 

O‘quv rejalarida shakllantirilgan fanlar kadrlar asosiy isteʼmolchilari vakillari fikri va talablari asosida atroflicha muhokama qilinib tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish belgilandi.

17:37 / 2022-06-13
Success helper
Success warning