“Yoshlar - sog‘lom turmush tarafdori” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir
Institutning “Iqtisodiyot” fakulteti tasarrufidagi “Iqtisodiyot” kafedrasi tomonidan “Yoshlar sog‘lom turmush tarafdori” mavzusida kafedra xaftaligi doirasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusning ikkinchi tashabbusi bo‘lgan “Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish”ga bag‘ishlandi.
Mazkur tadbirni murabbiylar kengashining raisi U.Rajabov ochib bergach sog‘lom turmush tarzining asosiy qoidalari haqida to‘xtalib o‘tdi. “…Yoshlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng ommalashtirish, ayniqsa, qizlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun imkoniyatni yaratish muhimdir. Bu o‘rinda institutimizda yangi qurilgan sport obyekti ahamiyatlidir. U zamonaviy sport anjomlari va uskunalari bilan jihozlangan, yoshlar uchun sportning bir necha turlari bo‘yicha shug‘ullanish imkoniyatlari mavjud” deya takidladi murabbiylar kengashi raisi .
Tadbirda boks va erkin kurash bo‘yicha jahon chempionlari Fazliddin G‘oyibnazarov, Shoxjaxon Ernazarovlar qatnashib, o‘z tajribalari va fikr-mulohazalarini tadbir ishtirokchilari bilan o‘rtoqlashdilar.
Shuningdek, tadbir mehmonlari bo‘lgan Muqimiy nomidagi O‘zbek davlat musiqiy teatri aktyorlari Malika Qayumova va Xayrulla Inog‘omovlar ham o‘z ijod namunalari bilan ishtirokchilarni hushnud etdilar.