“Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk shoir va sarkarda” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi

“Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk shoir va sarkarda” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi

2023-yilning 4-fevral kuni “Elektron tijorat va raqamli iqtisodiyot” kafedrasi tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag’ishlangan “Zahiriddin Muhammad Bobur buyuk shoir va sarkarda” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.

 

         Tadbirni O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, O’zbekiston Respublikasi yozuvchilar uyushmasi a’zosi, TMI madaniyat va san’at bo’limi boshlig’i Bobur Bobomurod ochib berdi.

 

Shoir o’z nutqida Zahiriddin Muhammad Boburning O’rta asr Sharq madaniyati, adabiyoti va she’riyatida o’ziga xos o’rin egallagan adib, shoir, olim bo’lish bilan birga yirik davlat arbobi va sarkarda ekanligi haqida so’zlab, uning beqiyos ilmiy-ijodiy merosi nafaqat milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishida, balki jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixida alohida o‘ringa eganligini ta’kidlab o’tdi.

 

         Tadbir davomida Bobur Bobomurod o’zining ijodidan namunalar o’qib berdi.

Tadbir juda qiziqarli va sermazmun tashkil etildi.

14:29 / 2023-02-06
Success helper
Success warning