Muftoxiddinova Tahsinabonu Abdullajon qizi O‘zbekiston Respublikasi Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi sohibasi
Muftoxiddinova Tahsinabonu Abdullajon qizi O‘zbekiston Respublikasi Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi sohibasi

    Muftoxiddinova Tahsinabonu 1999-yil 24 aprelda Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida tavallud topgan. 2017 yildan buyon Toshkent moliya instituti “Moliya” fakul'tetining MM-75i guruhida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olib kelmoqda.

Shu kungacha 8 ta ilmiy maqola, 14 ta tezis va 1 ta o‘quv qo‘llanmasi xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy - amaliy konferensiya hamda jurnallarda nashr etilgan. Bugungi kunda  O‘zbekistonda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish hamda raqamli texnologiyalarni O‘zbekiston iqtisodiyotiga joriy qilish borasida ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Shu vaqtga qadar talaba Tahsinabonu Muftoxidinova 2 marotaba talabalar almashinuv dasturining grant sohibasi bo‘lib, mobillik asosida Polshaning Krakov Iqtisodiyot universiteti hamda Koreyaning Solbridj Oliy Biznes maktabida tahsil olib qaytgan. Halqaro ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi IELTS imtihonidan 7.0 ballni qo‘lga kiritgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Ingliz Tili O‘qituvchilar uyushmasining “Yosh liderlarni qo‘llab-quvvatlash loyihasi” (Young Leaders Development Project) 6 oylik dasturi hamda O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy Offisida volontyor sifatida tajriba orttirgan. “Toshkentdagi Birinchi Innovativ Ta'lim Simpoziumi 2018”, “Debat Chempionati 2018”, “Xalqaro Yoshlar Sammiti” va boshqa xalqaro hamda respublika miqyosidagi tadbirlarda tashkilotchi sifatida ishtirok etgan. T.Muftoxiddiinova jahon reytingida 1-o‘rinda turuvchi Garvard universitetining “Rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda tadbirkorlik (Entrepreneurship in emerging economies)” onlayn kursini muvaffaqiyatli yakunlagan. O‘zbekistondagi Erasmus+ Milliy Ofisi tomonidan respublika miqyosida tashkil etilgan “Mening Erasmus” xotiralarim tanlovi g‘olibasi.

 

Success helper
Success warning