Tahririyat nashriyot bo'limi
Tahririyat nashriyot bo'limi

 Bo‘lim boshlig‘i: Qodirov Ermat Toshpulatovich

 

 Qabul vaqti: Seshanba-Juma (1500-1700)

 

 Tel: (998 71) 235-81-84   

 

 E-mail: btnb@tfi.uz

TMI tahririyat-nashriyot bo‘limi vazifalari

 Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, uslubiy qo‘llanmalar va boshqa o‘quv adabiyotlari tahrir qilinib, chop etishga tayyorlanadi; O‘quv adabiyotlarining o‘z vaqtida va talab darajasida chop etilishiga, ularni matbaa talablariga javob berishiga, muqova dizayniga, ilmiy badiiy savisining yaxshilanib borishiga e’tibor qaratiladi.

 

 Institut talablaridan kelib chiqqan holda turli namunaviy shakldagi hujjatlar blankalari, guruh jurnallari, talabalar guvohnomasi, reyting daftarlari va h.k. hujjatlarni chop etishga tayyorlaydi va chop etadi;

 

 Institut sayti uchun tayyorlangan materiallarni tahrir qiladi va saytga qo‘yish uchun taqdim etadi;

Tahririyat-nashriyot bo‘limi moddiy texnik bazasi

 Tahririyat-nashriyot bo‘limi zamonaviy chop etish qurilmalari bilan to‘liq jihozlangan. Bo‘lim zamonaviy kompyuterlar, skanerlar, printerlar (oq-qora va rangli), rizograflar, nusxa ko‘irish mashinalari, muqova elimlash mashinasi, qog‘oz kesish stanoklari va boshqa uskunalar bilan jihozlangan. Bo‘lim moddiy texnik bazasi joriy yilda yangi nusxa ko‘chirish mashinasi, yuqori quvvatli printer bilan boyitildi.

Tahririyat-nashriyot bo‘limi xodimlar tarkibi

 Tahririyat-nashriyot bo‘limi zimasida vazifalarni bajarish uchun malakali xodimlarga ega. Bo‘limda 11 nafar ishchi xodim ishlaydi 6 nafar muharrir, 3 nafar musahih faoliyat yuritadi;

 

Success helper
Success warning