“O‘zbekistonda bank faoliyatini innovatsion rivojlantirish va bank operatsiyalarida yangi texnologiyalarini qo‘llash: muammo va yechimlar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya

“O‘zbekistonda bank faoliyatini innovatsion rivojlantirish va bank operatsiyalarida yangi texnologiyalarini qo‘llash: muammo va yechimlar” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya

Toshkent moliya instituti “Banklarda buxgalteriya hisobi va audit” kafedrasi tomonidan O‘zbekistonda bank faoliyatini innovatsion rivojlantirish va bank operatsiyalarida yangi texnologiyalarini qo‘llash: muammo va yechimlar” mavzusida 2019-yil 26-aprel kuni respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-martdagi PQ-3620-son «Bank xizmatlari ommabopligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi, 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2777-son «Pul muomalasini yanada takomillashtirish va bank plastik kartochkalaridan foydalangan holda hisob-kitoblarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2017-yil 12-sentyabrdagi PQ-3270-son «Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi, 2017-yil 13-sentyabrdagi PQ-3272-son «Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlaridan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-fevraldagi 133-F-sonli Farmoyishi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019-yil 28-fevraldagi 205-sonli buyrug‘idan kelib chiqqan holda o‘tkazildi.

Konferensiyada moliya va bank sohasidagi xalqaro ekspertlar, Markaziy bank, respublika yetakchi tijorat banklari vakillari, soha mutaxassislari hamda ilmiy-tadqiqot institutlari, oliy o‘quv yurtlarining yetakchi professor-o‘qituvchilari va yosh olimlari ishtirok etdilar.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘lov tizimlari va axborot texnologiyalari departament direktori Mahmudov Ulug‘bek Davronovich, Ural davlat iqtisodiyot universiteti Moliya va huquq instituti direktori, i.f.d., prof. Maramigin Maksim Sergeyevich, “Fido-Biznes” MChJ texnik direktori Shayusupov Shaxaydar Abduvaliyevich, ATB “Turonbank” xodimlar bilan ishlash departamenti direktori i.f.n., dots. Salomov Islom Toshqozoqovich, ATB “O‘zsanoatqurilishbank” chakana xizmatlarni rivojlantirish departamenti bank kartalari texnik ta’minoti boshqarmasi boshlig‘i Eminov Ulug‘bek Abdumajitovichlar o‘z ma’ruzalari bilan plenar yig‘ilishda chiqish qildilar.

Konferensiya natijalari bo‘yicha O‘zbekistonda bank faoliyatini innovatsion rivojlantirish va bank operatsiyalarida yangi texnologiyalarini qo‘llash borasida zamonaviy tendensiyalar va ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

 

15:46 / 2021-01-06
Success helper
Success warning