Ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi 5 ta muhim tashabbus amalda

Ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi 5 ta muhim tashabbus amalda

   Davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish, bunda, yoshlarga boʻlgan e’tiborni yanada kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini shakllantirish, yurtimiz yoshlari oʻrtasida kitobxonlikni targʻib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga alohida urgʻu berish maqsadida 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

     Bunga koʻra, dastlabki tashabbus ya’ni yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodlarini yuzaga chiqarish hisoblanadi. Aynan mazkur tashabbusning amaldagi ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent Moliya institutining “Moliyachi” teatr jamoasi O‘zbekiston Milliy universiteti qoshidagi akademik S.Sirojiddinov nomli akademik litseyga institutning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori F.Muhammedov bilan birgalikda tashrif buyurdilar.

   Tashrif davomida talabalar teatr studiyalarining faol a’zolari tayyorlagan sahna ko‘rinishlarini o‘quvchilarning e’tiboriga havola etib oz bo‘lsada ma’naviy ozuqa yetkaza oldilar. Eng asosiysi esa yeg‘ilgan o‘quvchilarning teatr san’ati barchani ezgulikka yataklashi haqida chiqargan xulosalari bo‘ldi.

 

 

10:21 / 2019-05-20
Success helper
Success warning