Taʼzim sizga, aziz ustozlar!
Dedilar: dunyoda asli kim aziz?
Aytdilar: ustozdir, ustoz begumon.
Tag‘in aytdilarki: aziz shubhasiz
Ustoz qadriga yetolgan inson.
Jamiyatning buguni va kelajagi, uning madaniy-maʼrifiy va maʼnaviy salohiyati taʼlim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Taʼlim-tarbiya tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchi va murabbiylarga bog‘liq.
Bugun, 30-sentabr kuni institutimizda “1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan ko‘tarinki ruhdagi bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, pedagog xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir ochilishida rektor T.Teshabayev so‘zga chiqib, institutda faoliyat yuritayotgan barcha ustoz-murabbiylarni samimiy muborakbod etdi. Shundan so‘ng, oliygohda uzoq yillardan beri faoliyat yuritib kelayotgan pedagog xodimlarga, professor-o‘qituvchilarga bayramona esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bayramga tashrif buyurgan sanʼatkorlar, “Moliyachi gulshani” ashula va raqs ansambli tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbir ishtirokchilariga yana-da ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Shuningdek, ustoz-murabbiylar uchun bayramona dasturxon tashkil etildi.