MHXS bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

MHXS bo‘yicha mahorat darsi bo‘lib o‘tdi

Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari hujjatlarini davlat tiliga tarjima qilish va ularni keng jamoatchilikka tanishtirish maqsadida Moliya vazirligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan vebinarlar bilan birgalikda, mazkur soxa mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar uchun mahorat darslari ham o‘tilmoqda.

 

2021-yil 22-mayda Moliya vazirligi xodimi Otabek Barakayev Toshkent moliya institutining “Buxgaletriya hisobi kafedrasi” bilan hamkorlikda 1-son «Moliyaviy hisobotni taqdim etish» Buxgalteriya hisobining xalqaro standarti (BHXS) bo‘yicha oliy o‘quv yurtlarining professor-o‘qituvchilari, ilmiy-tadqiqot markazlari va moliya institutlarining iqtisodiyot sohasi mutaxassislari, shuningdek, buxgalteriya hisobi sohasi mutaxassislari, doktorantlar, tadqiqotchilar va magistrlar uchun mahorat darsini o‘tib berdi.

 

1-son BHXS moliyaviy hisobotni taqdim etishga nisbatan umumiy talablarni, uning tuzilishiga oid ko‘rsatmalarni hamda mazmuniga doir minimal talablarni belgilab beradi. Mahorat darsida moliyaviy hisobot va uning turlari, moliyaviy hisobotdagi umumiy jihatlar, moliyaviy hisobotni identifikasiyalash va uning tarkibi bo‘yicha ishtirokchilarga taqdimot asosida tushuntirish berildi. Mahorat darsi yakunida mazkur 1-son BHXS bo‘yicha qizg‘in savol-javoblar asosida muhokamalar bo‘lib o‘tdi.

14:53 / 2021-05-26
Success helper
Success warning