“ISLOM BANK ISHI” YO’NALISHIDA HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

“ISLOM BANK ISHI” YO’NALISHIDA HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISTIQBOLLARI

     Toshkent moliya instituti “Bank ishi” kafedrasi mudiri, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Omonov Akrom O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy ta’lim muassasalari kafedra mudirlari xorijning nufuzli universitetlarida tajriba almashish va malaka oshirish zarurligi haqidagi topshirig’i doirasida 2019-yil 27-noyabrdan 28-dekabrgacha Malayziyaning Milliy Tenaga universiteti (Universiti Tenaga Nasional (UNITEN))da “Islom bank ishi” bo’yicha malakasini oshirdi va tajriba almashdi.

     2019/2020 o’quv yilidan boshlab Toshkent moliya institutining barcha ta’lim yo’nalishidagi talabalarga bir semestr davomida “Islom bank ishi” fanidan ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar o’tish yo’lga qo’yildi. Prof. A.Omonov aynan shu masalani amaliy jihatdan o’rganish va tajriba oshirish hamda kelgusida Malayziyaning “Islom bank ishi” bo’yicha yetuk tadqiqot markazlari va universitetlari bilan o’zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish maqsadida mazkur xizmat safarida bo’ldi.  

     Prof. A.Omonov o’zaro tasdiqlangan jadval-reja asosida UNITENning Muadzam Shox shahrida joylashgan “Biznes va buxgalteriya” kollejida “Islom bank ishi va moliyasi”, “Moliya tamoyillari”, “Biznes iqtisodiyoti” va “Moliyaviy va boshqaruv hisobi” fanlaridan amaliy darslarda ishtirok etib tegishli sertifikatlarni qo’lga kiritdi. Shuningdek, Islom bankida amaliy tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo’ldi.

     Shu bilan birga, prof. A.Omonov mazkur kollej talabalariga “O’zbekiston ijtimoiy hayoti va iqtisodiyoti”, “O’zbekiston Markaziy banki monetar siyosatini joriy etish xususiyatlari”, “O’zbekistonda Islom bank ishi va moliyasining rivojlanishi” mavzularida ma’ruzalar o’qidi, shu bilan birga sohaning nazariy va amaliy jihatdan yetuk professorlari bilan o’zaro muloqatda bo’lib o’zining bu boradagi bilim va tajribasini oshirdi.

     Prof. A.Omonov Malayziyaga xizmat safari davomida UNITENning rektori (Vice Chancellor) Dato, Prof., Dr. Kamol Nasharuddin, prorektor (Deputy Vice Chancellor) Dato, Prof., Dr. Salina Daud, Xalqaro aloqalar va mobilizasiya Assosh., Prof., Dr. Zuraydax Bt Ali bilan uchrashib kelgusida o’zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish bo’yicha kelishuvlarga erishdi.

     Malayziyaga xizmat safari davomida A.Omonov Kuala Lumpurda joylashgan Islom bank ishi va moliyasi bo’yicha yuqori nufuzga ega bo’lgan ISRA- International Shari’ah Research Academy For Islamic Finance, International Islamic University hamda University Technology MARA kabi yirik tadqiqot markazi va universitetlarining islom bank ishi va moliyasi bo’yicha mas’ul dekan va professorlari bilan davra suhbatlari o’tkazib, ta’limning qator sohalari bo’yicha hamkorlik qilish yuzasidan kelishuvlarni amalga oshirib qaytdi.

 

 

15:33 / 2019-12-31
Success helper
Success warning