Hamkorlik samarasi
Tojikiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi va 2022-2026-yillar “Sanoat yillari” deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan “Mamlakatni jadal sanoatlashtirish sharoitida qulay sarmoyaviy muhitni shakllantirish” mavzusidagi Qozon Federal universiteti, Nijniy Novgorod Davlat lingvistik universiteti, Samara Davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti, Tojikiston Davlat huquq, biznes va siyosat universiteti hamkorligida tashkil etilgan xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya bo'lib o'tmoqda.
Ushbu xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyada Toshkent moliya instituti rektori T.Teshabayev “Integratsiya – oliy taʼlimning ahamiyatini oshirish omili” mavzusidagi maʼruza bilan chiqdi.
Shuningdek, davlatlarimiz oʻrtasida fan-taʼlim sohasida ham hamkorlik chuqurlashib borayotganligi, xususan, Toshkent moliya instituti bilan Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar yoʻlga qoʻyilishining samarasi sifatida hamkorlikda kadrlar tayyorlash doirasida Tojikiston davlat huquq, biznes va siyosat universiteti qoshida TDHBSU-TMI qoʻshma fakulteti tashkil etilganligi va hozirgi kunda mazkur fakultetda 121 nafar talaba ikki taʼlim yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotganligi, hamkor OTMlarning faoliyat yoʻnalishi taʼlim sifatini oshirishga qaratilishi orqali bitiruvchilarning bandligini toʻliq taʼminlash ustuvor vazifa etib belgilanganligi alohida ta'kidlandi.