INNOWEEK–2021: yangi imkoniyatlar va samarali hamkorlik!

INNOWEEK–2021: yangi imkoniyatlar va samarali hamkorlik!

O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan an’anaviy tarzda tashkil etilayotgan  yillik innovatsion g’oyalar haftaligi "INNOWEEK–2021" tashabbuskor, yangilikka intiluvchan barcha soha mutaxassislari uchun o’zlarining ilmiy-innovatsion g’oya va ishlanmalarini namoyon etish, ularni keng ommaga taqdim qilish va amalga oshirish uchun ulkan imkoniyatlar maydoni bo’lib xizmat qilmoqda. 

Aynan ushbu imkoniyatdan samarali foydalanish maqsadida Toshkent moliya instituti jamoasi ham bir qator innovatsion ishlanmalar bilan "INNOWEEK–2021" doirasidagi tadbirlarda faol ishtirok etishmoqda. 










Tadbir doirasida olib borilgan faol muzokaralar va taqdimotlar natijasida mamlakatimizning eng yirik sanoat korxonasi hisoblangan NAVOIY KON METALLURGIYA KOMBINATI bilan umumiy qiymati 200 mln. so’mlik shartnoma imzolandi. 

Innovatsion hamkorlik doirasida erishilgan kelishuvlar va shartnoma imzolash marosimi tantanali tarzda OAV, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Toshkent moliya instituti va NKMK matbuot xizmati xodimlari ishtirokida o’tkazildi. 





Tadbir doirasida Toshkent moliya instituti rektori T.Teshabayev va NKMK rasmiylari o’zaro innovatsion hamkorlikning istiqbolli jihatlari, tuzilgan innovatsion shartnomani o’z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash va hamkorlikni yangi yo’nalishlarda davom ettirish bo’yicha o’zaro hamfikr ekanliklarini ta’kidlab o’tishdi.

"INNOWEEK–2021" tadbirlari ushbu hafta yakuniga qadar davom etadi va institutimiz jamoasiga mazkur jarayonlarda ishtiroklarini yuqori saviyada davom ettirgan holda yangi marralarni zabt etishlarini tilab qolamiz.

15:50 / 2021-11-25
Success helper
Success warning