KAFEDRA FILIALIDA NAVBATDAGI AMALIY MASHG‘ULOT BO‘LIB O‘TDI

KAFEDRA FILIALIDA NAVBATDAGI AMALIY MASHG‘ULOT BO‘LIB O‘TDI

 

“Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi tomonidan ta’lim sifatini oshirish, sug‘urta sohasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash hamda bu borada ta’lim va amaliyot o‘rtasidagi integratsiyani kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
 


Ma’lumki, Toshkent moliya instituti va “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha 2021 yilda imzolangan Memorandumga asosan 2022 yilda sug‘urta kompaniyasida “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasining filiali o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘ydi.
 


2023-yil 25-mart kuni Soliqlar va sug‘urta fakultetining “Sug‘urta ishi” ta’lim yo‘nalishida o‘qiydigan 1-kurs, SS-70/22 va SS-20/22 guruhlari talabalari “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi dotsenti O.Yuldashev hamrohligida “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasidagi kafedra filialida tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotda qatnashdilar.



 


Kompaniyaning Yuridik departament boshlig‘i B.Yusupov talabalarga “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun va boshqa qonun hujjatlari” mavzusida qiziqarli taqdimot namoyish etdi. Taqdimot jarayonida O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta sohasi bo‘yicha asosiy qonunchilik hujjatlari tarkibi va mazmuni, Yangi “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi qonundagi asosiy o‘zgarishlar atroflicha yoritib berildi. Interfaol va savol-javob tarzida o‘tkazilgan ushbu amaliy mashg‘ulot talaba-yoshlarda katta qiziqish uyg‘otdi.


 


So‘nggi so‘z o‘rnida ta’kidlash kerakki, “Sug‘urta va pensiya ishi” kafedrasi 2023 yilda ta’lim sifatini oshirish hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash bo‘yicha tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalar doirasida bundan keyin ham ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan tadbirlarni yuksak darajada tashkil etishda davom etadi.

17:06 / 2023-03-25
Success helper
Success warning