“Innovatsion yondashuv asosida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish”
2022-yil 16-sentyabr kuni Toshkent moliya instituti, Polotsk davlat universiteti (Belorussiya), Bayneri universitetlari (Malayziya) bilan hamkorlikda “Innovatsion yondashuv asosida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi.
Iqtisodiyotning globallashuvi sharoitida turli mamlakatlarda sifatli, taqqoslanadigan va ishonchli hamda uygʻun axborotlarni shakllantirishda yagona yondashuvni qabul qilish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday imkoniyatga faqat moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini (MHXS)tan olish va unga muvofiq holda hisobotlartuzish orqali erishish mumkin.
Buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunning yangi tahririda ham buxgalteriya hisobi subyektlari belgilangan tartibda MHXSlarni qoʻllash mumkinligi eʼtirof etildi. MHXSlarni qoʻllash zaruriyati quyidagi omillar bilan belgilanadi:
– turli mamlakatlarda investorlar vaaksionerlar potensial kompaniyalarningbir xil tamoyillar, yaʼni taqqoslanuv-chanlik asosida tayyorlangan moliyaviyhisobotni yaxshiroq tahlil qilish imkoni-yatiga ega boʻladilar;
– turli mamlakatlarda turli fond bir-jalariga ularning har biriga oʻsha mamlakatning standartlari asosida tuzilgan moliyaviy hisobotdan koʻra hammasi uchun yagona tan olinadigan bitta moliyaviy hisobotni tuzish maqsadga muvofiqdir.
Natijada hisobotni tuzish xarajatlari qisqaradi va kapitalni jalb qilish imkoniyatlari kengayadi.
Xalqaro konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 25-fevraldagi “Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PK-4611-sonli Farmonida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, xalqaro standartlarga o'tish davrida mavjud muammolar va qiyinchiliklar hamda ularni bartaraf etish yoʻllari ilmiy va amaliy jihatdan atroflicha muhokama qilindi.
Konferensiyaning yoʻnalishlari quyidagilardan iborat boʻlib, ularda:
Oʻzbekistonda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etishning oʻziga xos xususiyatlari va ularda innovatsion usullarni qoʻllash.
Auditorlik faoliyatida moliyaviy hisobotning xalqaro standartlaridan foydalanishning ustuvor masalalari.
Iqtisodiy tahlilning axborot manbalarini shakllantirishda moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari oʻrni.
Tijorat banklarida buxgalteriya hisobi va audit tizimini moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari talablari asosida takomillashtirish.
Davlat sektorida byudjet hisobi va ichki audit tizimini xalqaro standartlarga uygʻunlashtirish.