Xalqaro hamkorlik doirasidagi amaliy harakatlar
Joriy yilning 5-noyabr kuni institut rektori T.Teshabayev boshchiligidagi delegatsiya Utara universitetining (Universiti Utara Malaysia) Kuala-Lumpur shahridagi kampusiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida UTARA universitetining rahbariyati bilan muzokara o‘tkazildi. Muzokarada malakali kadrlar tayyorlashda hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, ikki oliygoh o‘rtasidagi istiqboldagi ta’lim va ilmiy jarayondagi amaliy faoliyatlarini tashkil etish kabi muhim masalalar muhokama etildi. Shuningdek, uchrashuv davomida qo‘shma ta’lim dasturlarini ochish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuv dasturlarini amalga oshirish qaratilgan memorandum imzolashga kelishildi.
Ma’lumot uchun aytib o‘tish joizki, Utara universiteti 1984-yilda tashkil etilgan bo‘lib, QS World University Rankings reytingida 481 o‘rinni, Times Higher Education (THE) reytingida esa 401-500 o‘rinni egallab turibdi. Shuningdek, universitet Malayziya oliy ta’lim muassasalari reytingida 3 o‘rinni egallagan.
Vakillarimizning Malayziyadagi amaliy tashriflari davom etmoqda...