Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz!

Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz!

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan “25-noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zo’ravonlikka barham berish xalqaro kuni” munosabati bilan mamlakatimizda o’tkazilayotgan “Biz zo’ravonlikka qarshimiz!” aksiyalari doirasida Toshkent moliya institutida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish tarafdorimiz mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

    Unda Toshkent davlat yuridik universiteti “Jinoyat huquqi, kriminologiya va korrupsiyaga qarshi kurashish” kafedrasi professorlari, yuridik fanlari doktorlari Niyozova Salomat Saparovna va To’laganova Gulchehra Zahitovna, universitet Xotin-qizlar kengashi raisi Xaydarova Umida Pulatovna talabalarning xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo’ravonlikning har qanday shakl va turlaridan himoya qilish hamda gender tenglik masalalarida huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qiladigan mazmunli ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar.

   Seminar-trening institut Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan Iqtisodiyot fakulteti rahbariyati, Xotin-qizlar tashkiloti faollari, tyutorlarining hamkorligida hamda ushbu fakultet 1-2-bosqich talabalari ishtirokida o’tkazildi.

 

10:30 / 2021-12-04
Success helper
Success warning