Institut tarixi
Institut tarixi

TOSHKЕNT MOLIYA INSTITUTI HAQIDA

       Toshkent moliya instituti 1991 yil 13 mayda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207-sonli farmoniga koʻra Toshkent xalq xoʻjaligi institutining Moliya-kredit va Hisob-iqtisod fakultetlari negizida tashkil etildi. Institut rektori lavozimiga iqtisod fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining haqiqiy aʼzosi Murod Sharifxoʻjayev tayinlandi.

 

      2005 yilda Murod Sharifxoʻjayevning Oliy Majlis Senatida oʻz vakolatlarini boshlashi munosabati bilan oʻquv ishlari boʻyicha prorektor lavozimida ishlab kelgan iqtisod fanlari doktori, professor Alisher Vosiqovich Vahobovga rektorlik vazifasi yuklatildi.

     2012 yilda professor Alisher Vasikovich Vahobov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri etib tayinlandi. 2013 yilning yanvar oyidan boshlab institutga iqtidorli olim-amaliyotchi iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Azizov Ulugʻbek Oʻktamovich rektor etib tayinlandi.

    Ulugbek Azizovning 2016 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi masʼul lavozimiga oʻtishi munosabati bilan institutga ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgan iqtisod fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovich rektor etib tayinlandi.
     2017 yilda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan institut rektori vazifasida faoliyat yuritgan Begalov Bahodir Abdusalomovich Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Statistika Qoʻmitasi raisi lavozimiga ishga oʻtishi munosabati bilan Toshkent moliya institutiga oliy oʻquv yurti boshqaruv tizimining barcha bosqichlarida muvaffaqiyatli ishlagan olim, iqtisod fanlari doktori, professor Xaydarov Nizomiddin Hamrayevich rektor etib tayinlandi.

     

       Toshkent moliya institutida 1991 yil sentyabr oyidan boshlab 3 ta kunduzgi - Moliya-iqtisod, Kredit-iqtisod va Hisob-iqtisod, 2 ta sirtqi “Kredit-iqtisod” va “Moliya-hisob iqtisod” fakultetlari tarkibida tegishli yoʻnalishlar hamda 20 ga yaqin kafedralar oʻz ish faoliyatini boshladi. 1993 yildan boshlab “Soliqlar va soliqqa tortish”, “Sugʻurta ishi”, “Qimmatli qogʻozlar va birja ishi”yoʻnalishlari boʻyicha ham kadrlar tayyorlashga kirishildi. 1998-1999 oʻquv yilidan boshlab Toshkent moliya institutida “Loyihalarni moliyalashtirish” yoʻnalishi boʻyicha “Invsstitsion loyihalarni moliyalashtirish” kafedrasi tashkil etildi.

     1999 yildan eʼtiboran Kasb taʼlimi “Buxgalteriya hisobi va audit” taʼlim yoʻnalishi boʻyicha oʻqishga kabul qilish yoʻlga qoʻyildi.2004 yilga kelib, institutning Hisob-iqtisod va Kryedit-iqtisod fakultetlari negizida Boshqaruv fakulteti barpo etildi. Boshqaruv fakulteti “Kasb taʼlimi”, “Statistika” va “Menejment" yoʻnalishlari boʻyicha bakalavrlar tayyorlay boshladi.

Institut rektorining 2005 yil 27 avgustdagi 137-sonli buyrugʻiga asosan Moliya-iqtisod fakultetida tayyorlanayotgan “Soliqlar va soliqqa tortish ” va “Sugʻurta ishi” taʼlim yoʻnalishlari negizida Soliq va sugʻurta ishi fakulteti tashkil kilindi. 2011-2012 oʻkuv yilidan eʼtiboran fakultetning nomi Sugʻurta fakulteti, deb oʻzgartirildi.

          2007 yil 19 oktyabrda “Moliya” kafedrasi negizida institut rektorining 153-sonli buyrugʻi bilan “Gʻaznachilik ishi” kafedrasiga asos solindi. 2007 yil “Bank ishi kafedrasi negizida “Bank hisobi va audit kafedrasi tashkil topdi va oʻz faoliyatini boshladi. 2005 yilda“Makro va Mikroiqtisodiyot” kafedrasi “Biznes va iqtisodiyot” kafedrasi, deb nomlandi va mutaxassis tayyorlaydigan kafedralar safiga kiritildi. 2007 yil 5 noyabrda “Moliya injiniringi” va “Bozordagi faoliyat va operatsiyalar”, “Investitsiyalarni moliyalashtirish” yoʻnalishlari negizida Loyihalarni moliyalashtirish fakulteti tashkil topdi.

        2007 yil 30 noyabrda ikkita yangi taʼlim yoʻnalishi - “Moliya injiniringi” va “Bozordagi faoliyat va operatsiyalar” ochilganligi munosabati bilan “Moliya injiniringi va bozorlar” kafedrasi ochildi va 2010 yildan “Moliya bozori va qimmatli qogʻozlar”, deb nomlandi.

       2009 yil 30 mayda “Umumiqtisodiy nazariya va iqtisodiy pedagogika” kafedrasi “Iqtisodiyot nazariyasi” va “Pedagogika va psixologiya” kafedralariga ajratildi. Institut rektorining 2010 yil 10 fevraldagi 44-sonli buyrugʻiga asosan institutning“Buxgalteriya hisobi” kafedrasi negizida “Byudjet hisobi” kafedrasi tashkil etildi. 2009 yilda Umumiqtisod fakultetining nomi davr talabiga mos ravishda Byudjet hisobi va gʻaznachilik fakulteti, deb oʻzgartirildi. 2009 yil sentyabr oyidan fakultet nomi Byudjet hisobi va davlat jamgʻarmalari fakulteti, deb nomlandi. 2017 yil iyun oyida “Falsafa va Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” va “Oʻzbekiston tarixi” kafedralari birlashtirilib, kafedraning rasmiy nomi “Ijtimoiy fanlar”, deb nomlandi.

         1999 oʻquv yilidan boshlab esa institutda jahonning yetakchi universitetlari tajribalari asosida magistratura tashkil etildi.

Institutda hozirgi paytda respublikada xizmat koʻrsatgan koʻplab olimlar mehnat qilib kelmoqda. Ular jumlasiga 3 nafar Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan fan arbobi, 2 nafar Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan xalq maorifi xodimi, 2 nafar Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi, 1 nafar Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan ixtirochi va ratsionalizator kiradi.

        1999 yilga kelib institutda Axborot va texnika taʼminoti boʻlimi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi mavjud texnika vositalariga texnik xizmat qilish, uni yagona koorporativ tarmoqqa jamlash va institut kompyuter tarmogʻini rivojlantirishga qaratildi.

      Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisining axborot-kutubxona taʼminotini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PQ-381 sonli qaroriga binoan Toshkent moliya instituti axborot-resurs markazida zamonaviy axborot texnologiyalari joriy etildi. Bugungi kunda ARM fondida jami 650 mingdan ortiq ilmiy adabiyot va boshqa turdagi yordamchi adabiyotlar mavjud.

          Mutaxassis kadrlar tayyorlash modelini hayotga tatbiq qilish, ularni zamon talablari va jahon andozalariga mos boʻlishi uchun institutning 6 ta fakulteti tasarrufidagi 24 ta kafedrada 453 nafar professor-oʻkituvchilar faoliyat  koʻrsatmoqda. Ulardan 40 nafari fan doktori va professorlar, 132 nafari fan nomzodi va dotsent.

        Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining 1995 yil 18 dekabrdagi 277-sonli buyrugʻiga binoan Toshkent moliya institutiga tayanch oliy oʻquv yurti vakolati berildi va unga 6 ta oliy oʻquv yurtlari (AndMII, QQDU, QarDU, NamMII, TermDU, FarPI) biriktirilgan.

     Xalqaro hamkorlik borasida institut Abersvift universiteti (Angliya), Vusong Xalqaro Solbrij universiteti (Janubiy Koreya), Hindiston moliya instituti (Hindiston), Hankuk Xorijiy Tillar universiteti (Janubiy Koreya), Yodju texnologiya instituti (Janubiy Koreya), Sinszyan universiteti (Xitoy), Kembridj mintaqaviy maktabi (Buyuk Britaniya), Sanderland universiteti (Buyuk Britaniya), Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti (Rossiya Fe- deratsiyasi), Bayneri univsrsiteti (Malayziya), Latviya universiteti (Latviya), Mikolas Romeris universitetlari (Litva) bilan aloqalar oʻrnatgan. 2008 yilda Toshkent moliya instituti Yevropa milliy qoʻmitasi tomonidan “Yeurorean quality” (Yevropa sifat belgisi) belgisi bilan taqdirlangan.

 

 

     

        Oʻzbekiston Republikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 martdagi AI № 058 litsenziyasiga muvofiq “IQTISOD-MOLIYA” nashriyoti oʻz faoliyatini boshladi. 2008 yildan boshlab, “Moliya” ilmiy-iqtisodiy jurnali taʼsis etildi va hozirgi kunda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Attestatsiya Komissiyasi (OAK) Prezidiumining qaroriga koʻra u doktorlik ilmiy ishlanmalarini chop etish belgilangan ilmiy jurnallar roʻyxatiga kiritildi. ”Moliyaʻ jurnali dastlab, bir yilda toʻrt marotaba. 2011 yildan boshlab esa yilda olti marotaba nashr etilmoqda.

        Institut Nizomi va tarkibiy tuzilishiga asosan institut kasaba uyushmasi koʻmitasi 1991 yilda tashkil etilgan. Kasaba uyushmasining bosh maqsadi - kasaba uyushmasi aʼzolarining mehnat, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy, intellektual huquq va manfaatlarini himoya qilishdir. Hozirgi kunda institut kasaba uyushmasi aʼzolarining umumiy soni 5244 nafar boʻlib, ulardan 453 nafari professor-oʻkituvchi va 405 nafari ishchi-xodim va 4386 nafar talabalar hisoblanadi.

       1991-2006 yillar mobaynida S.X. Ablyatifov, M. Erkaboyev va I.A. Navruzovlar kasaba uyushmasi aʼzolarining huquq va manfaatlarini taʼminlash borasida muayyan ishlarni amalga oshirib keldilar. 2007 yildan hozirgi kungacha Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan xalq maorifi xodimi, professor 3. Yuldashev kasaba uyushma qoʻmitasi raisi lavozimida ishlab kelmoqda.

 

 

 

Success helper
Success warning