«Moliyachi» oromgohi
«Moliyachi» oromgohi

  

   

      Toshkent moliya institutiga qarashli “Moliyachi” oromgohi Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanining so‘lim tog‘yonbag‘rida joylashgan bo‘lib umumiy yer maydoni 21  gektarni tashkil etadi. “Moliyachi” oromgohiga kelib dam oluvchilar uchun 8 ta korpusda jami 220 nafar dam oluvchilar uchun alohida  xonalar mebel va jihozlar bilan ta’minlangan hamda qulay shart-sharoitlar yaratilgan.

 

     “Moliyachi” oromgohida 1 ta 220 o‘rinli yozgi madaniyat saroyi, kitobxonlar uchun 30 o‘rinli kutubxona, 1 ta ochiq futbol maydoni, 1 ta ochiq basketbol maydoni, 1 ta volleybol maydoni hamda 40 m2   maydonni tashkil etuvchi shaxmat va shashka klubi dam oluvchilar xizmatida. “Moliyachi” oromgohida katta va kichik 2 ta suv havzasi, 220 o‘rinli oshxona, zamonaviy ta’mirlangan erkaklar va ayollar yuvinish xonalari  mavjud.  “Moliyachi” oromgohi atrofi o‘ralgan bo‘lib, unda turli xil manzarali hamda mevali daraxtlar ekilgan. “Moliyachi” oromgohi hududida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari yil davomida olib boriladi.

 

     “Moliyachi” oromgohida har yili 1 iyundan to 31 avgust kunigacha bo‘lgan muddatda institutda faoliyat olib borayotgan pedagog-xodimlar, ishchi-xodimlar, talaba-yoshlar  hamda ularning oila a’zolarini  va boshqa tashrif buyuruvchi furaqolar dam olib xordiq chiqaradilar. “Moliyachi” oromgohiga tashrif buyuruvchilarning hordiq chiqarishlari uchun institut va “Moliyachi” oromgoh rahbariyati tomonidan barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

 

 

Fotolavhalar

 

  “Moliyachi” oromgohi direktori:                       A.Masadikov

 

  Yozgi dam olish mavsumi rahbari:                   G.Alistratov

 

Success helper
Success warning