STRATEGIK MAQSADLARNI AMALGA OSHIRISHDA AHOLI STATISTIKASINING AHAMIYATI

STRATEGIK MAQSADLARNI AMALGA OSHIRISHDA AHOLI STATISTIKASINING AHAMIYATI

 2019-yil 29-noyabr kuni Toshkent moliya instituti Moliya fakulteti “Davlatiy moliya” kafedrasi tomonidan kafedra xaftaligi doirasida “Strategik maqsadlarni amalga oshirish sharoitida aholi statistikasining ahamiyati” mavzusida ma’naviy-marifiy tadbir o‘tkazildi.

 

 Tadbirda Toshkent shahar Yunusobod tumani statistika bo‘limi boshlig‘i Shermatov Ikrom Inomjonovich, Moliya fakulteti dekan muovinlari M.Rustamov, O.Xudoyberdiev, “Davlatiy moliya” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va fakultet talabalari ishtirok etdilar.

 

 Tadbirda Shermatov Ikrom Inomjonovich tomonidan “2022-yilda O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish” mavzusida seminar-trening taqdim etildi.

 

 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 5-fevraldagi PF-5655-son “O‘zbekiston Respublikasida 2022-yilda aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish kontseptsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2022-yilda bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Respublikasi aholisini ro‘yxatga olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berildi.

 

 Talabalar mavzuga oid boshqa o‘zlarini qiziqtirgan savollarga yetarlicha javob oldilar.

 

 

 

18:35 / 2019-11-30
Success helper
Success warning