“BITIRUVCHI - 2021”

“BITIRUVCHI - 2021”

2020-2021 o‘quv yilida Toshkent moliya institutini muvaffaqiyatli tamomlagan bakalavrlarni taqdirlashga bag‘ishlangan “Bitiruvchi – 2021” tantanali tadbiri institut bosh binosida bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank mas’ul xodimlari, Respublikamizda faoliyat yuritayotgan bank-moliya muassasalari rahbar xodimlari va bitiruvchilarning ota-onalari ishtirok etishdi.

 

Toshkent moliya instituti respublikamiz bank-moliya sohasi uchun yuqori kasbiy tayyorgarlikka ega bo‘lgan kadrlar tayyorlovchi oliy o‘quv yurti bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda Toshkent moliya instituti tomonidan tayyorlangan kadrlar respublikamiz iqtisodiyotining barcha sohalarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

 

E’tiborli jihati shundaki, Toshkent moliya instituti tayyorlayotgan kadrlarga ularning iste’molchilari bo‘lmish – bank-moliya muassasalari tomonidan bitiruvchilarni ishga qabul qilish bo‘yicha oldindan buyurtmalar portfeli miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.

 

Tadbirda barcha muvaffaqiyatli bitiruvchi faxriy yorliqlar tanatanali ravishda taqdim etildi.

 

Toshkent moliya institutini mazkur o‘quv yilida jami 1549 nafar talaba muvaffaqiyatli tamomladi.

 

Shu jumladan, 13 ta bakalavr bosqichi yo‘nalishlarini 1009 nafar, sirtqi ta’lim shaklini 385 nafar, 12 ta magistratura mutaxassisligini esa 155 nafar talaba-yoshlar tamomladilar.

 

FOTOJAMLANMA - https://disk.yandex.uz/d/Aae9A1_Vxj1HIg

 

 

 

 

13:43 / 2021-06-16
Success helper
Success warning