Ta’lim sifatini oshirishning xorij tajribasi

Ta’lim sifatini oshirishning xorij tajribasi

“Menejment va marketing” kafedrasi tomonidan 13-yanvar kuni “Ta’lim sifatini oshirishning xorij tajribasi (Angliya misolida)” mavzusida master klass darslari tashkil etildi.
 

“Menejment va marketing” kafedrasi katta o’qituvchisi, “El-yurt umidi” jamg’armasi stipendiyasi sohibi, Buyuk Britaniyaning “Nyukasl” universitetida magistratura bosqichini tamomlagan Shoxrux Rasulov kafedra proffessor-o’qituvchilari va Iqtisodiyot fakulteti tyutorlari uchun Buyuk Britaniyaning nufuzli OTMlari tajribalari yuzasidan taqdimot qildi.

Taqdimot davomida хorijiy OTM larda amaliyotda qo’llanilayotgan o’qitish metodlari, baholash me’zonlari va tajribalar to’g’risida fikr almashildi. Keltirilgan ma’lumotlarga ko’ra, Angliyaning Nyukasl universitetida o’qish jarayonida nazariyadan so’ng albatta “Case study” tayyorlanadi. Fanlardan baho olish uchun esa hayotiy, o’tilgan barcha mavzularni qamrab oladigan loyiha beriladi.

 

Masalan, “MSc International business management” dasturi bo’yicha talabalarga ajratilgan hayotiy loyihalar:

Bunda, har bir guruh Universitet tomonidan ajratilgan pul mablag’larini turli tovar va xizmatlarni Londondagi mashhur “Spitalfield” bozorida realizatsiya qilish orqali 2 kun davomida ko’paytirishlari kerak. Bu faoliyat talabalarning bir fan doirasida egallagan bir qancha nazariy bilimlarini amaliyotda qo’llashga imkon beradi. To’plangan mablag’ esa xayriyaga yo’naltiriladi. Talabalar shu kabi loyihalarni qanday bajarishlari, qilgan tahlillari va yozgan hisobotlari asosida baholanadilar. Bu metod talabaning amaliy va nazariy ko’nikmalarini oshirish bilan birga ularni mas’uliyatni his qilishga o’rgatadi va haqiqiy mijozlar bilan aloqa qilish etikasini shakllantiradi.


12:48 / 2022-01-14
Success helper
Success warning