Norova Iroda 2000 yil 10 iyulda Toshkent shaxrida tavallud topgan. 2018-yildan buyon Toshkent moliya instituti “Bank ishi” fakultetining BI-61 guruhida to‘lov-kontrakt asosida tahsil olib kelmoqda.
Hozirgacha uning 15dan ortiq ilmiy maqola va tezislari turli ilmiy to‘plam hamda jurnallarda, jumladan, SCOPUS bazasida indekslangan, OAK tomonidan e'tirof etilgan jurnallarda va yuqori impakt faktorli jurnallarda chop etilgan. Bugungi kunda jahon iqtisodiyotida yuqori o‘sish tendensiyalariga ega bo‘lgan Islom moliyasi mexanizmlari asosida O‘zbekiston Respublikasi milliy bank-moliya tizimida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan istiqbolli islohotlar ustida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda va ushbu izlanishlari natijasida, bir qancha yutuqlarga erishib kelmoqda. Jumladan, “CIS Islamic Banking and Finance Forum” xalqaro konferensiyasi moderatori va faol ishtirokchisi sifatida Al-Huda Islom Bankchiligi va Iqtisodiyoti Markazining O‘zbekistondagi vakili assistenti, ayni vaqtda, markazning O‘zbekistondagi biznesni rivojlantirish menejeri bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi. Faoliyati davomida ushbu xalqaro markazning maxsus “O‘zbekistonda Islom moliyasi rivojiga qo‘shgan xissasi uchun” maxsus suvenir va sertifikat bilan taqdirlandi hamda markaz tomonidan tashkil etilayotgan maxalliy va xalqaro konferensiya va treninglarda faol ishtirok etib kelmoqda. Shuningdek, Islom moliyasi sohasida chet el taniqli va tajribali mutaxassislari tomonidan mamlakatimiz bank-moliya soxasi mutaxassislari uchun maxsus tashkil etilgan “Islamic Finance Demystified” xalqaro ixtisoslashgan treningida volontyor va faol ishtirokchi sifatida INCEIF universiteti rektori hamda Biznes va boshqaruv Respublika oliy maktabi ma'muriyati tomonidan sertifikat bilan taqdirlangan. 1-bosqich o‘quv jarayonida a'lo baxo ko‘rsatkichlari hamda institut hayotidagi faol ishtiroki bilan O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi tomonidan kontrakt miqdorining 35%i imtiyozli to‘lab berilishiga erishdi va 2-bosqich quv yili davomida Bank ishi fakul'teti tomonidan Janubiy Koreyaning yirik moliyaviy guruhi hisoblangan “Shinhan Financial Group”ning “Shinhan Bank” stipendiyasi sovrindori buldi. Halqaro ingliz tilini bilish darajasini aniqlovchi IELTS imtihonidan 6.5 ballni qo‘lga kiritgan.