Toshpo’latova Shahrizoda Shuxrat qizi 1999 yil 8 fevralda Toshkent shahrida tavallud topgan. 2017 yildan buyon Toshkent moliya instituti “Bank ishi” fakultetining BI-73i guruhida to’lov-kontrakt asosida tahsil olib kelmoqda.
Shu kungacha 8 ta ilmiy maqola, 21 ta tezislari xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiya va jurnallarda nashr etilgan. Talaba hozirgi kunda mamlakatimiz va dunyo miqyosida dolzarb bo’lib borayotgan raqamli bank xizmatlari va ularni O’zbekiston bank tizimiga joriy qilish borasida ilmiy ishlar olib bormoqda.
U Qozog’istonning Nur-Sulton shahrida bo’lib o’tgan “Central Asia Model United Nations” nomli oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida bo’lib o’tgan konferensiyada faol ishtirok etib xalqaro sertifikat va esdalik sovg’alari bilan taqdirlangan. Bugungi kunga qadar u 30 dan ortiq xalqaro va mahalliy forumlar, konferensiyalar va turli xil loyihalarda faol ishtirok etgan.
2019 yilda Toshkent shahrida o’tkazilgan “Tashkent Startupweekend” startup loyihasida o’zining quyosh.uz nomli loyihasi bilan ishtirok etgan. 2019 yil iyul oyida Ozarbayjonning, Ganja shahrida tashkil qilingan xalqaro “ADAU Summer School”da O’zbekiston nomidan faol qatnashgan. U 2019-yilning noyabr oyida Tojikistonning Dushanbe shahrida bo’lib o’tgan “Model OSCE and Network by Consensus” loyihasining faol ishtirokchisi, faxriy a’zosi va “Shinahn Bank Dream Foundation” stipendiyasi sohibasi hamdir. Hozirgi paytda talaba o’zining nazariy ko’nikmalarini amaliyot bilan bir javhada olib borish maqsadida ATB “Turonbank”ning Bosh ofisida mutaxassis sifatida faoliyat olib bormoqda.