Xalikulova Shirin Utkir qizi 1998 yil 30 iyul kuni Toshkent viloyati Bekabod shahrida tavallud topgan. Hozirgi kunda u Toshkent moliya institutining «Buxgalteriya hisobi va audit» fakul’teti, BKT(BHA)-70 guruhi talabasi.
Xalikulova Shirin Utkir qizi ilmiy tadqiqotlari davomida 1 ta monografiya, 16 ta ilmiy maqolalar, 21 ta ilmiy tezislar, 2 ta patent muallifligini qo‘lga kiritgan. 2020 yil O‘zbekiston sug‘urta faoliyatini rivojlantirish va raqamlashtirish masalalari” mavzusidagi ilmiy-amaliy konferentsiya doirasida o‘tkazilgan tanlovda “Eng yaxshi g‘oya” nominattsiya bo‘yicha 1-o‘rin g‘olibi. Institutda Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida bajarilishi 2017-2020 yillarga mo‘ljallangan OT-F1-050 “Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini modernizatsiyalash orqali raqobatbardoshlikni oshirishning fundamental asoslari” mavzusidagi fundamental granti a’zosi. 2018 yildan buyon Toshkent moliya instituti BKT(BHA)-70 guruh sardori. 2018 yil “Account audit training” nodavlat ta’lim muassasasi tomonidan Buxgalterlik kursini tamomlaganlik to‘g‘risida sertifikatga ega bo‘ldi. 2018 yil O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy etakchilar kengashlari a’zolari uchun 10-13-noyabr kunlari tashkil etilgan respublika o‘quv seminarida ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlangan. 2017 yilda ingliz tili bo‘yicha ILTS xalqaro sertifikatini qo‘lga kiritgan. “Erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarining investitsion faoliyatini rag‘batlantrish uchun maxsus soliq rejimini ishlab chiqish” dasturiy ta’minoti uchun patent egasi. 2019 yil “Xalqaro talabalar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan “Andijon talaba-yoshlar xalqaro forumi”da faol ishtirok etganligi uchun sertifikat bilan taqdirlangan. UInBase - Respublika bo‘yicha sug‘urta kompaniyalari uchun ma’lumotlar bazasi start-ap loyiha asoschisi.