2022-yilning 6-avgust kuni Toshkent moliya instituti Obi-hayot binosi anjumanlar zalida 2008-2012 o‘quv yillarida Toshkent moliya institutida tahsil olgan bitiruvchilar bilan “Ikki avlod uchrashuvi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Toshkent moliya instituti faxriy professori (institutning oldingi Kasbiy ta’lim fakulteti dekani) Fatxulla Karimov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor v.v.b. O‘ktam Narbayev, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, institut ilmiy-adabiy maslahatchisi, shoir Bobur Bobomurod, instituti Talabalarini turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘lim boshlig‘i Umurzak Radjabov, Xodimlar bo'limi boshlig‘i Lobarxon Xaydarova, Soliqlar va sug‘urta fakulteti dekani Laziz Zoyirov, Iqtisodiyot kafedrasi mudiri (institutning oldingi Kasbiy ta’lim fakulteti dekan muovini) Xurshid Asatullayev, institut professor-o‘qituvchilari va 2008-2012 o‘quv yillarida institutida tahsil olgan sobiq bitiruvchilar ishtirok etishdi.
Uchrashuvda hayoti yoʻli va faoliyati davomida erishgan yutuqlari, mustaqillikning har qaysi avlod taqdiriga beqiyos ta’siri, qadr-qimmati, yoshlar uchun berilayotgan imkoniyatlar, avlodlar o‘rtasidagi an’analar davomiyligi haqida so‘z bordi.
Tadbir so‘ngida, faxriy ustozlar Vatanga muhabbat va sadoqat bilan yashash, uning rivojiga munosib hissa qoʻshish, asrab-avaylash, kelajakda barchaga oʻrnak boʻladigan umr yoʻliga ega boʻlish borasida oʻzlarining tavsiyalarini, maslahatlarini berdilar.
“Ikki avlod uchrashuvi” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir sobiq bitiruvchilar bilan ochiq va samimiy muhitda tashkil etildi.
Xabaringiz bor, Toshkent moliya instituti professor-oʻqituvchilaridan tashkil topgan ilmiy jamoa ayni kunlarda Chexiya Respublikasi Praga shahrida joylashgan Yevropa amaliy fanlar va menejment institutida oʻz malakalarini oshirmoqdalar.
Ilmiy jamoa Chexiya universitetlari oʻrtasida soʻngi yillarda ilmiy tadqiqotlar natijalariga asoslanib aniqlanadigan Czech Science Assessment ( RIV ) – reytingida birinchi oʻrinni egallab kelayotgan Karlov universitetiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida universitetning bibliometrik va ilmiyometrik xizmatlari (bibliometric and scientometric services) dan foydalanish amaliyoti, "Karlov universiteti ilmiy tadqiqotlar etikasi komissiyasi" faoliyati hamda universitetning ilmiy tadqiqotlar infrastrukturasi bilan yaqindan tanishishdi.
Shuningdek, tashrif soʻngida jamoa universitet kutubxonasi bazasi bilan tanishdi, kutubxona tomonidan esa Toshkent moliya institutiga turli iqtisodiy sohalarga taalluqli kitoblar jamlanmasi sovgʻa qilindi.
Bundan tashqari, ilmiy jamoa universitet ilmiy kengashlarida soʻngi yillarda himoya qilingan ilmiy ishlar katalogi bilan yaqindan tanishib, oʻzlari uchun foydali ilmiy kontentga ega boʻlishdi. Karlov universiteti professor oʻqituvchilari bilan oʻzlarini qiziqtirgan mavzular doirasida oʻzaro fikr almashib, kelgusida turli fanlar doirasida hammualliflikda darsliklar, oʻquv uslubiy qoʻllanmalar, monografik tadqiqotlar va maqolalar ustida izlanishlar olib borishga kelishib olindi.
Joriy yilning 3-avgust kuni Yurtimizdagi yetakchi kompaniyalardan biri SAM ANTEP GILAM QK MCHJ (SAG) kompaniyasi va Toshkent moliya instituti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.
Mazkur tadbirda institut Rektori T.Teshabayev , O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor S.Mehmonov, SAG kompaniyasi HR departamenti boshlig‘i Sh.Asrorova, kompaniya yuristi Sh.Maxamatkulovlar ishtirok etdilar.
Mazkur memorandum asosida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlik ishlarini amalga oshirishga kelishib olindi.
• TMI talabalari uchun SAG kompaniyasining stipendiyasini joriy etish;
• TMI bitiruvchilarini SAG kompaniyasiga ishga joylashtirish;
• TMI talabalarining kompaniyada stajirovka o‘tash dasturlarini yaratish;
• O‘quv va ishlab chiqarish amaliyotlarini tashkil etish;
• SAG kompaniyasi zavodlariga talabalar ekskursiyasini uyushtirish;
• SAG kompaniyasi tomonidan institut talabalari o‘rtasida turli tanlovlar, grantlarni joriy etish;
• har ikki tomon uchun ham dolzarb bo‘lgan yo‘nalishlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish, ularda ishtirok etish uchun institutning yuqori ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan yetakchi xodimlarini, institut iqtidorli talabalari va tadqiqotchilarini jalb qilish;
Shiddat bilan yangidan-yangi metodik usullar, texnologiyalar va trendlar asnosida rivojlanib borayotgan bugungi taʻlim tizimida xalqaro tajriba va tendensiyalarni oʻrganish, tadqiq va tahlil etish muhim masala hisoblanadi.
Toshkent moliya instituti professor oʻqituvchilaridan tashkil topgan ilmiy jamoa ayni kunlarda Chexiya Respublikasi Praga shahrida joylashgan Yevropa amaliy fanlar va menejment institutida oʻz malakalarini oshirmoqdalar. Tashrifning ilk kunlarida Toshkent moliya instituti jamoasi Yevropa amaliy fanlar va menejment instituti rahbari professor Xolnazar Amonovga Toshkent moliya instituti rektori nomidan esdalik sovgʻalarini tantanali ravishda topshirdilar.
Malaka oshirish kursi davomida institut ilmiy jamoasiga Yevropa amaliy fanlar va menejment institutining ilmiy salohiyati yuqori boʻlgan professorlari tomonidan impakt-faktori yuqori boʻlgan ilmiy jurnallarda maqolalarni chop ettirish tartibi, Web of Science, Scopus platformalaridagi ilmiy jurnallar va ilmiy oʻlchov indikatorlari (scientometric indicators)ni tahlil qilish usullari, Web of Science va Scopus platformalarida jurnallarning impakt-faktorini hisoblash yoʻnalishlari yuzasidan ilmiy-nazariy va amaliy maʻlumotlar taqdim etildi.