“QS Asia University Rankings – 2023” reyting natijalari eʼlon qilindi. Reyting natijalariga koʻra, Toshkent moliya instituti Osiyo davlatlari oliy oʻquv yurtlari orasida 501–600 - oʻrinni |
EDUNIVERSAL OFFICIAL SELECTION |
Amalga oshiriladigan ilmiy tekshirish ishlaridan tashqari EDUNIVERSAL konsalting kompaniyasi tomonidan Xalqaro Ilmiy Qo'mita yaratilgan. Uning yordamida EDUNIVERSALda ikki bochqichli RASMIY TANLOV o'tkazish usuli qo'llanilgan. |
1-odim: har bir mamlakat uchun universitetlar soni uchun kvota aniqlash.
|
EDUNIVERSAL so'zining o'zi "Education" (ta'lim) "Universal" (butunjahon) so'zlaridan tashkil topgan. Aynan shu sababli EDUNIVERSAL uchun qamrovning kengligi asosiy kriteriylardan (mezonlardan) biridir.
Bir vaqtning o'zida Rasmiy tanlov natijalari xalqaro miqyosda jahon ta'limining real holatini imkon qadar aniqroq aks ettrishi lozim.
Shuning uchun univrsitetlaring xalqaro taqsimoti va har bir mamlakatdan tanlab olinadigan universitetlar soni uchun kvota xajmi quiydagi mezonlarga asoslanadi:
Barcha materiallar aniq geografik xudud va aniq mamlakatdan tanlab olinadigan Biznes maktablarning sonini belgilash maqsadida Xalqaro Ilmiy Qo'mita tomonidan ko'rib chiqiladi.
Tabiiyki, ma'lum vaqt o'tgandan so'ng qatnashchi mamlakatlarning tegishli ko'rsatkichlari o'zgarishi bilan bunday taqsimlanish ham o'zgaradi.
|
2-odim: eng yaxshi universitetlarni tanlash
|
Bizning maslahatchilarimiz Xalqaro Ilmiy Qo'mitasida ma'ruzasi vazifasini bajaruvchi EDUNIVERSAL Xalqaro koordinatori yordamida 4000 dan ortiq Internet-saytlarini o'rganib chiqib birlamchi tanlovni o'tkazdilar, so'ngra universitetlar sifatini baholash uchun mezonlar tizimini ishlab chiqdilar.
|
Bunda o'quv muassasasini baholash uchun zarur bo'lgan mavjud (va tekshirilishi lozim bo'lgan) barcha qiziqarli va zarur materiallardan foydalanildi:
Ko'rsatilgan mezonlar asosida Xalqaro Ilmiy Qo'mita maslahatchi va ekspertlarning yillik majlisi doirasida yakuniy xulosa chiqardi.
|
Yakuniy tanlov ta'lim muassasasining xalqaro darajada raqobat qila oladigan bitiruvchi talabalarni tayyorlash qobiliyatini aks ettiruvchi mezonlarning yagona va ayni vaqtda kompleks majmui asosida amalga oshirildi.
Internet saytida e'lon qililngan rasmiy ro'yxat 2008 yildan boshlab har ikki yilda yangilanib boriladi.
EDUNIVERSALga tanlov kim tomonidan amalga oshiriladi?
|
Rasmiy tanlov talabalarga turli mamlakatlarda ta'lim olish imkoniyatlari to'g'risida ma'lumot berish, shuningdek ta'lim va kadrlar tanlash soxasidagi etakchi frantsuz konsalting kompaniyasi bo'lmish SMBG tashabbusiga ko'ra yig'ilgan Xalqaro Ilmiy Qo'mita tomonidan olib borilgan.
Mazkur Xalqaro Ilmiy Qo'mita Er sharining 5 qit'asi vakillari bo'lgan 12 a'zodan ibrat.
Birgalikda ular yakuniy Rasmiy tanlov borsida qaror qabul qiladilar, tanlov jarayonini nazorat qilib boradilar va tanlov uslubiyati masalalarini xal qilib boradilar.
Xalqaro Ilmiy Kengashning 9 ekspert-a'zolari
|
Afrika
Prof. Eon Smit - Stellenbosch Universitetining direktori (Janubiy Afrika).
Shuningdek u SABSA prezidenti (Janubiy Afrika Biznes-maktablari Assotsiatsiyasi), AABS (Afrika Biznes-maktablari Assotsiatsiyasi) a'zo-asoschisi va Hull Universiteti Biznes maktabining (Buyukbritaniya) maslahat kengashining a'zosi.
|
Makaziy Osiyo
Prof. Aneeta Madhok - Hindiston, Dubay va Singapurda joylashgan P. Jain Menejment Markazining Kadrlar tayyorlash markazining boshlig'i.
Ilgari u Narsee Monjee instituti (Hindiston) menejment fakultetining dekani bo'lgan. |
Sharqiy Evropa
Prof. Virginijus Kundrotas - ISM Menejment va iqtisodiyot Universitetining (Litva) prezidenti va asoschilaridan biri.
Biznes-etika va liderlik (etakchilik) masalalari mutaxassisi, shuningdek BMDA (Boltiq xududida menejmentni rivojlantirish Assotsiatsiyasi) prezidenti, CEEMAN (Markaziy va Sharqiy Evropada menejmentni rivojlantirish Assotsiatsiyasi) vitse-prezidenti va EQUIS akkreditatsiya qo'mitasining a'zosi.
|
Evroosiyo va Yaqin Sharq
Prof. Nehme Azoury - yaqinda Universitaint-Esprit de Kaslik Universiteti (Livan) menejment fakulteti dekani etib tayinlangan, shuningdek u erda u marketing va strategik rejalashtirish fanlaridan ma'ruzalar o'qiydi.
Sobiq maslahatchi, Frantsuz tilida so'zlashuvchi xalqaro universitetlar agentligining USEK-AUF elektron jurnalining muharriri, shuningdek Arabiston Iqtisodiy biznes-jurnalining noshiri, CLERH - Livan inson resurslari masalalari bo'yicha Kengash vitse-prezidenti
|
Uzoq Sharq xududi
Prof. Sung Joo Park - KAIST Menejment maktabi (Janubiy Koreya) dekani.
Michigan Davlat Universitetining doktorlik darajasiga ega, AAPBS (Osiyo-Tinch okeani xududi Biznes-maktablari Assotsiatsiyasi) ning birinchi prezidenti, AACSB akkreditatsiya bo'yicha Komissiya a'zosi.
|
Lotin Amerikasi
Prof. Edson Luiz Riccio - San Paulo Universitetining taniqli tadqiqotchisi va professori. Iqtisodiyot va menejment fakulteti xalqaro aloqalar ofisi (FEA-USP) rahbarligi, Axborot texnologiyalari va tizimlari tadqiqot laboratoriyasi - TECSI direktorligi uing vazifalari qatoridan joy olgan.
|
Shimoliy Amerika
Ecole Centrale Paris Universiteti (Frantsiya) professori darajasini olgandan so'ng Stanford Universiteti (AQSh) professori darajasini olgan professor Michel Nedzela Ottawa Universiteti (Kanada) Telfer Menejment maktabining dekan muovini va professoridir. Turli akademik loyihalarda qatnashishdan tashqari u shuningdek Euromed Marseille (Frantsiya) da dekan muovini va Buxarest Menejment maktabining (Ruminiya) akademik direktori hisoblanadi.
|
Okeaniya
Prof. Michael Wood - uning rahbarligida xalqaro akkareditatsiyaga (EQUIS, 2001) ega bo'lgan birinchi Avstraliya Biznes-maktabi - Curtin Biznes maktabida (Avstraliya) sakkiz yil ishlagandan so'ng yaqinda nafaqaga chiqdi.
Sharqiy Avstraliya Universiteti doktorlik darajasiga ega, davlat sektorida menejment bo'yicha mutaxassis va turli biznes-maktablarda va Avtraliya universitetlarida o'qituvchilik va tadqiqot ishlari bo'yicha 17 yillik tajribaga ega.
|
G'arbiy Evropa
Janob Axel Schumacher - Oestrich-Winkel (Germaniya) dagi Schloss Reichartshausen Xalqaro Universitetining Kvropa biznes-maktabining xalqaro aloqalar bo'yicha dekan yordamchisi.
Avval Otto Beisheim v WHU Vallendar (Germaniya) Menejment Maktabining direktori bo'lgan.
Bu keyinchalik qanday ishlaaydi?
Har yili 1000 nafar Biznes-maktablar dekanlari (rahbarlari) barcha manfaatdor shaxslarning (talabalar, o'qituvchilar, ish beruvchilar, jurnalistlar va h.k.larning) ovoz berishda ishtirok etish yo'li bilan ularning jahondagi eng yaxshi Biznes-maktablari to'g'risidagi takliflari haqida ma'lumot beradilar.
Ovoz berish har bir mamlakatdagi har bir universitet vakiliga beriladigan yagona va juda oson savol doirasida o'tkaziladi: Bu mamlakatda o'qishni istaganlarga qaysi Biznes maktabni (Biznes-maktablarni) taklif etgan bo'lar edingiz?
Universitetlar vakillari o'zlaridagi mavjud ma'lumotlardan foydalanib, shunga yarasha javob berishlari nazarda tutiladi va bunda barcha mamlakatlardagi universitetlarni emas, balki o'zlarida ma'lumot bor bo'lgan universitetlarni ko'rsatadilar. Shuningdek, ularga mamlakatning barcha universitetlarini sanab o'tish mumkin emas, balki har bir mamlakatda 50 foizdan ko'p bo'lmagan Biznes-maktablarni tanlash lozim.
|
The authoritative rating organization of Great Britain
Times Higher Education agency announced the results of its World University Rankings - 2023. Accordingly, the Tashkent Institute of Finance once again confirmed the status of "Reporter".
On April 27, 2022, THE Impact Rankings rating was announced, and Tashkent Institute of Finance entered the list of Top-1000 universities in the world by 4 criteria.
On June 1, 2022, the results of the Times Higher Education Asia University Rankings - 2022 were announced. Tashkent Institute of Finance was awarded the status of "Reporter" in the Asia University Rankings - 2022 international rating.
More |