2020-2021 O‘QUV YILIDA TO‘LOV-KONTRAKT ASOSIDA O‘QISHGA TAVSIYA ETILGANLAR DIQQATIGA
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi majlisining 2021-yil 21-yanvardagi 9-son bayoniga muvofiq:
Koronavirus pandemiyasi sababli respublika aholisining to‘lov qobiliyati pasayganligini inobatga olib, oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan va tahsil olayotgan talabalarning to‘lov kontrakt mablag‘lari miqdori 2020-2021 o‘quv yilida o‘zgarmasligi (oshirilmasligi) ni ma’lum qilamiz.
Shu bilan birga, ko‘pchilik abiturientlar va ularning ota-onalari hamda oliy ta’lim muassasalari rektorlari murojaatlarini inobatga olib, oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga talabalikka tavsiya etilib, belgilangan to‘lov-kontrakt mablag‘larini qisman to‘lagan, magistraturaga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklagan) va qayta tiklagan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini kamida 50 foizini hamda yuqoridagi bayon qarori bilan to‘lov kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abiturientlar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish va talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘ngi muddati 2021-yilning 1-fevrali etib belgilanganligini hamda mazkur muddat boshqa uzaytirib berilmasligini ma’lum qilamiz.