Toshkent moliya institutiga ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga hujjat topshirmoqchi boʻlganlar diqqatiga!

Toshkent moliya institutiga ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga hujjat topshirmoqchi boʻlganlar diqqatiga!

2022/2023 o'quv yilida Toshkent moliya institutiga sirtqi ta'lim shaklida ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim olish bo'yicha qabul parametrlari tasdiqlandi. 

Ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlim boʻyicha oʻqishga kirish uchun abituriyentlar 2022-yil 10-iyuldan 10-avgustga qadar (shu kuni ham kiradi) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan maxsus elektron tizim orqali roʻyxatdan oʻtadi (elektron tizim havolasi ham tez fursatlarda kanalga joylanadi).

Qabul sinovlari abituriyentning bakalavriat diplom bali oʻrtacha koʻrsatkichi asosida “suhbat” shaklida boʻlib oʻtadi.

Yuqoridagi faylda ikkinchi va undan keyingi oliy taʼlimga sirtqi taʼlim shakli boʻyicha qabul parametrlari koʻrsatilgan.

Qoʻshimcha savol va murojaatlar boʻlsa institutda tashkil etilgan Call-center ga qoʻngʻiroq qilishingiz mumkin.

15:00 / 2022-07-10
Success helper
Success warning