“Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari nazariyasi” darsligi chop etildi
Toshkent moliya instituti “Xalqaro moliya-kredit” kafedrasi mudiri, i.f.d., professor J.X. Ataniyazovning “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari nazariyasi” darsligi chop etildi.
Darslikda “Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari nazariyasi” faniga tegishli bo‘lgan asosiy masalalar qisqa va tushunarli tilda bayon etilgan.
Ushbu darslikda jahon xoʻjaligi: rivojlanish tendentsiyalari va ularni xalqaro valyuta-kredit va moliya munosabatlariga ta’siri, xalqaro valyuta munosabatlari va valyuta tizimi, jahon valyuta tizimining evolyutsiyasi, uning inqirozlari hamda zamonaviy jahon valyuta tizimini isloh qilish yo‘nalishlar, mamlakat toʻlov balansi va uni boshqarish usullari, xalqaro valyuta munosabatlarini tartibga solish yo‘llari, valyuta siyosatining mohiyati va asosiy shakllari, xalqaro hisob-kitoblar va ularni amalga oshirish, xalqaro kredit munosabatlari, jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida jahon moliya bozori va moliyaviy tartibga solish, jahon valyuta-kredit va moliya institutlari faoliyati, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro valyuta-kredit va moliyaviy munosabatlari kabi masalalar yoritilgan.
Darslik oliy o‘quv yurtlarining iqtisodiy yo‘nalish va mutaxassisliklarda tahsil olayotgan talabalarga, ilmiy izlanuvchilarga hamda mazkur fanni o‘qitadigan professor-o‘qituvchilarga mo‘ljallangan.