«Rus tili» fanidan elektron darslik nashr etildi

«Rus tili» fanidan elektron darslik nashr etildi

 

Toshkent moliya institutining “O‘zbek va rus tillari” kafedrasi mudiri p.f.n., dotsent N.X.Yunusovaning «Rus tili» fanidan elektron darsligi nashr etildi.

 

Elektron darslik institutning modul tizimida 1-kurs bakalavriatning barcha ta’lim yo‘nalishlarida tahsil oladigan talabalarga “Rus tili” fanidan amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. Darslikning asosiy maqsadi talabalarga rus tilida o‘z mutaxassisligi bo‘yicha matnni o‘qishga, turli mazmundagi matnni takrorlab o‘rgatish, ilmiy matnni strukturaviy-semantik tahlil qilish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish va uning asosida mustaqil fikrlashni yozma va og‘zaki shaklda rivojlantirishdan iborat. Darslik rus tilini ikkinchi til sifatida o‘rganayotgan iqtisodiyot yo‘nalishi talabalari uchun tayyorlangan. Har bir mashg‘ulotda qisqacha nazariy ma’lumot, amaliy hisob-kitoblar va nazorat savollari mavjud.

Darslik “Rus tili” fanining predmeti va metodi, buxgalteriya, O‘zbekiston iqtisodiyoti, bankning kelib chiqishi, markaziy bank, sug‘urta, moliya tizimi, audit, ilmiy matn uslubiyati, davlat byudjetining daromadlari kabi mavzularga bag‘ishlangan.

Elektron darslik matn va vazifalar, gaplar, amaliy mashg‘ulotlar va mustaqil ta’limdan iborat.

Elektron darslikdan talabalar mustaqil ishlash uchun, o‘qituvchilar  amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazishda foydalanishlari mumkin.

16:42 / 2023-12-20
Success helper
Success warning