‼️Diqqat, tanlov!

‼️Diqqat, tanlov!

📣 Institut Xotin-qizlar kengashi va Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi “25-noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish xalqaro kuni” hamda “Zoʻravonlikka qarshi 16 kun” kampaniyasini oʻtkazish doirasida “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” shiori ostida talabalar oʻrtasida videoroliklar tanlovini eʼlon qiladi.
 

📹 Tanlovda institutning barcha talabalari ishtirok etishlari mumkin. Tanlov gʻoliblari diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadilar. 
 

🖥 Tanlov uchun videomateriallar joriy yil 4-dekabrgacha @tfi_yoshlar_bilan_ishlash telegram raqamida qabul qilinadi.
 

✅ Eslatma: Videorolik davomiyligi 3 daqiqagacha boʻlishi, xotin-qizlar, ayniqsa, talaba-qizlarga nisbatan tegajogʻlik, tazyiq va zoʻravonlikning barcha turlariga qarshi kurashish mavzusini ochib berishi zarur.
 

☎️ Murojaat uchun tel.: (90) 904-56-11
 

12:00 / 2021-11-26
Success helper
Success warning