2021/2022 o‘quv yilida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga!

2021/2022 o‘quv yilida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi PF-5812-son Farmoni 3-bandiga muvofiq 2022/2023 o‘quv yili qabulidan boshlab texnikumlarda o‘rta maxsus ta’lim dasturlarini muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish yakka tartibdagi "Suhbat" orqali bo'lib o'tadi. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.01.2022 yildagi 17-son qarori 4-bandiga asosan texnikumni muvaffaqiyatli tamomlaganlar toifasiga texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari “5 (a’lo)” va “4 (yaxshi)”, biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi “5 (a’lo)” bo‘lgan bitiruvchilar kiradi.

Ushbu nizomning 7-bandiga muvofiq bitiruvchilar 5-iyuldan 25-iyulga qadar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy veb-sayti orqali  onlayn ro‘yxatdan o‘tadilar.

Nizomga ko‘ra bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha o‘tkaziladigan suhbat jarayoni 10-avgustdan 25-avgustgacha tashkil etiladi.

18:00 / 2022-07-13
Success helper
Success warning