Vakant ish o‘rinlariga pedagog-xodimlar ishga taklif etiladi

Vakant ish o‘rinlariga pedagog-xodimlar ishga taklif etiladi

Institutda yangi tashkil etilgan quyidagi kafedralariga 2022/2023 o‘quv yili uchun kafedra mudiri, professor, dotsent, katta o‘qituvchi, o‘qituvchi (assistent), o‘qituvchi-stajyor lavozimlariga vakant ish o‘rinlariga ishga qabul qilishga tanlov e’lon qilinadi. 

Kafedra: 

✅Axborot tizimlari va texnologiyalari

✅Iqtisodiy xavfsizlik

✅Umumiqtisodiy fanlar (TMI-PDU qo'shma fakulteti tasarrufida)

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan pedagog-xodimlar tegishli hujjatlarni 2022-yil 10-sentabrga qadar institut xodimlar bo‘limiga taqdim etishlari mumkin. 

Tanlovda nomzodlarning ilmiy daraja va unvonlarga egaligi, xorijiy tillarni bilish darajasi hamda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanish darajasiga ustuvorlik qaratiladi.

Manzil: 100000, Toshkent shahri A.Temur ko‘chasi 60A-uy

Bog‘lanish:

Telefon: (8 371) 234-46-26
Faks: (8 371) 234-11-48
Pochta: devonxona@tfi.uz
Ishonch telefoni: (8 371) 235-77-66

09:00 / 2022-09-05
Success helper
Success warning