21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun

21-oktabr — O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun

 

Joriy yilning 21-oktyabr kuni “Adiblar xiyoboni”da O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.



Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha birinchi prorektor K.Karimova ochib berdi. Shuningdek, tadbirda institutning adabiyotga qiziqishi baland bo’lgan talabalari tomonidan Navoiy g’azallaridan namunalar o’qib berildi. Talabalar teatr studiyasi tomonidan A.Qahhorning “Nutq” felyetoni asosida sahnalashtirilgan sahna ko’rinishi taqdim etildi.









 

Madaniyat va san’at bo’limi boshlig’i, shoir B.Bobomurod so’zga chiqib o’zbek tili haqidagi fikr va mulohazalarini bildirdi, ijod namunalaridan taqdim etdi.






Ushbu tadbir davomida tadbir ishtirokchilari o’rtasida “Til bilimdonlari” viktorinasi o’tqazilib, g’oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. “Moliyachi gulshani” ashula va raqs ansambli ishtirokchisi Q.Qilichov tomonidan ijro etilgan qo’shiqlar tadbirga yanada ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.



 

 

 

18:24 / 2023-10-21
Success helper
Success warning