Magistrlar Qahhorni yod etdilar
Joriy yilning may oyida Prezidentimiz Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyoboniga qilgan tashrifidan so‘ng yoshlar orasida buyuk adiblarimizning hayoti va ijodini chuqur o‘rganish, ularning ilmiy-ma’naviy merosiga bo‘lgan qiziqish yanada ortdi.
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida barpo etilgan Adiblar xiyobonidagi Abdulla Qahhor haykali yonida Toshkent moliya instituti magistratura bo’limi tomonidan adib hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Qahhorning yoshlarga murojaati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bo‘lim tomonidan o‘tkazilgan uchrashuvda yozuvchining hayoti va ijodi, ijtimoiy-siyosiy muhit rivojiga qo‘shgan hissasi, o‘zbek adabiyoti va matbuotidagi o‘rni xususida so‘z yuritildi.