Talaba-qizlarning bugungi kun tadbirkor ayoli bilan uchrashuvi
Toshkent moliya institutining bir guruh talaba-qizlari institut Xotin-qizlar kengashi raisi va barcha fakultetlar tyutorlari hamrohligida 2021-yil 11-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurib, “INFOLIB-UZBEKISTAN-2021” X-Milliy axborot-kutubxona haftaligi tadbirlari doirasida tashkil etilgan “Bugungi kun tadbirkor ayoli” mavzusidagi uchrashuvda ishtirok etdilar.
Xotin-qizlarni turli kasb-hunarlarga o’qitish borasida o’zining 28 yillik tajribasiga ega bo’lgan “Mashhura” o’quv markazining rahbari Mashhura opa bilan ayollar tadbirkorligi, hunar o’rganishning tez va oson usullarini qo’llash, innovatsion va kreativ yondashuv asosida ta’lim jarayonini tashkil qilish, kasb-hunar o’rgatish jarayoniga malakali pedagoglarni tanlash, qizlarning hayotda o’z o’rnini topishida kasb-hunarning ahamiyati borasidagi suhbati talaba-qizlarda katta qiziqish uyg’otdi.
Tadbir so’nggida O’zbekiston Milliy kutubxonasi ma’muriyati tomonidan X-Milliy axborot-kutubxona haftaligi tadbirlaridagi faol ishtiroki uchun Toshkent moliya institutiga Tashakkurnoma hamda faol talaba-qizlarga esdalik sovg’alari topshirildi.