Toshkent Moliya Institutining Andijon fakultetida mashg’ulotlar boshlandi

Toshkent Moliya Institutining Andijon fakultetida mashg’ulotlar boshlandi


2022-yilning 3-oktabridan Toshkent moliya institutning Andijon fakultetida 2022-2023 o’quv yili bo’yicha kunduzgi bo’lim 1-kurs talabalari uchun mashg’ulotlar boshlandi.







 

Mazkur o’quv yilida institutning Andijon fakultetida “Buxgalteriya hisobi va audit”, “Moliya va moliyaviy texnologiyalar”, “Bank ishi va auditi”, “Soliqlar va soliqqa tortish” hamda “Axborot tizimlari va texnologiyalari” kabi yo’nalishlar bo’yicha 1-kurs kunduzgi bo’limda 120 ta, sirtqi bo’limda 70 ta va 2 kurs sirtqi bo’limda 70 ta talabaga ta'lim jarayoni boshlandi. 


Ularga 2 ta fan doktori, professorlar, 7 ta fan nomzodi va dotsentlar hamda 10 ga yaqin oliy toifali o’qituvchilar ta'lim beradilar.

21:28 / 2022-10-04
Success helper
Success warning